Jak Kusto - Islomni qabul qilishi: Difference between revisions

From WikiIslam, the online resource on Islam
Jump to navigation Jump to search
[checked revision][checked revision]
(Orfografik va punktuatsion tuzatishlar kiritildi. (Spelling and punctuation errors have been modified))
(Orfografik va punktuatsion tuzatishlar kiritildi. (Spelling and punctuation errors have been modified))
Line 68: Line 68:
==Qarang==
==Qarang==


*[[Ozbekcha maqolalar - Articles in Uzbek|Özbekcha maqolalar (Articles in Uzbek)]]
*[[Ozbekcha maqolalar - Articles in Uzbek|O'zbekcha maqolalar (Articles in Uzbek)]]


'''Ingliz tilida'''
'''Ingliz tilida'''
Line 85: Line 85:
[[Category:Fake Conversions]]
[[Category:Fake Conversions]]
-->
-->
[[Category:Özbekcha (Uzbek)]]
[[Category:O'zbekcha (Uzbek)]]
{{page_title|Jak Kusto (Islomni qabul qilishi)}}
{{page_title|Jak Kusto (Islomni qabul qilishi)}}

Revision as of 22:46, 2 June 2015

Error creating thumbnail: Unable to save thumbnail to destination
Jacques-Yves Cousteau

Jacques-Yves Cousteau (talaffuz: Jak-Iv Kusto; 11-iyun, 1910 – 25-iyun, 1997), fransuz harbiy dengiz zobiti, ekspeditsiyachi, ekolog, rejissor, ixtirochi, olim, fotograf, muallif va tadqiqotchi. Asosan dengiz va boshqa barcha suv havzalarini o'rganishga umrining ko'p yillarini bag'ishlagan. U, suv ostida harakatlanish imkonini beruvchi avtonom skafandr yaratuvchilaridan biridir.[1] Bundan tashqari u, Fransiya Fanlar Akademiyasining a'zosi bo'lgan. Uning eng ommabop ismi Qo'mondon yoki kapitan Kusto edi [2].

Musulmonlarning ta'kidi

Ko'pchilik musulmonlarning aytishicha u Qur'onda keltirilgan «islomiy mo'jiza» guvohi bo'lgandan so'ng o'zini musulmon deb e'lon qilgan. Unga ko'ra "har xil tuzlanish darajasiga ega bo'lgan suvlar o'rtasidagi ko'rinmas chegara tufayli bir biri bilan aralashib ketmaydilar". Mana, bu haqda qanday hikoya qilinadi:

1962 yili, - deb hikoya qiladi Kusto, – olmon olimlari Bob al-Mandeb bo‘g‘ozida Qizil dengiz va Hind okeani suvlari bir-biriga qo‘shilmasligini aniqlagan edi. Biz ham Atlantika okeani va O‘rtayer dengizi suvlarida sinov o‘tkazishga qaror qildik. Oldin O‘rtayer dengizining sho‘rligi, zichligi va o‘ziga xos jihatlarini o‘rgandik. Xuddi shunday tadqiqot Atlantika okeanida ham o‘tkazildi. Bu ikki suv massasi Jabaltariq (Gibraltar) bo‘g‘ozida ming yillardan beri to‘qnashadi, mantiqan olib qaraganda, ulkan suv massalari bir-biriga qo‘shilib ketishi, hech bo‘lmaganda ularning sho‘rligi va zichligi o‘xshash bo‘lishi kerak edi. Biroq ular bir-biriga juda yaqin kelgan joylarda ham o‘ziga xoslik butunlay saqlangan. Boshqa so‘z bilan aytganda, suv massalarini qandaydir ko‘rinmas parda ajratib turardi. Bu mo‘jiza haqida professor Moris Byukalga so‘zlab berdim. U esa bu hech qanday hayron qolarli voqea emasligi, suvlarning qo‘shilmasligi to‘g‘risida Islomning Muqaddas Kitobi – Qur’oni karimda 1400 yil oldin odamzodga ma’lum qilinganini aytdi. Bu men uchun xuddi tip-tiniq osmonda birdan momaqaldiroq gumburlaganday edi. Qur’oni karim tarjimalarini varaqlab ko‘rgach: “Qasam ichaman, bu Muqaddas Kitob, zamonaviy ilm 1400 yilga orqada qolayotgan ushbu Qur’on inson so‘zlari bo‘lishi mumkin emas! Bu Yaratganning Kalomidir!”, deb hayqirib yubordim. Shundan so‘ng Islomni qabul qildim va kundan-kunga bu dinning haqqoniyati, adolatparvarligi, qulayligi va foydalarini sezdim. Ko‘zlarimga haqiqatni ochiq-oydin ko‘rsatgani uchun Allohga beadad shukrlar aytaman.[3]

Musulmonlarning fikriga ko'ra, Kusto Qur'onning 25-surasi Al-Furqonning 53-oyatida keltirilgan «U ikki dengizni bir-birlari bilan uchrashadigan qilib (yonma-yon) oqizib qo'ydi. (Ammo) u ikkisining o'rtasida bir to'siq bo'lib, ular (o'sha to'siqdan) oshib o'tmaslar» jumlasiga tan berib Qur'onni ilohiy kitob deb tan olib, o'zini Islomni qabul qilganini e'lon qilgan.[4]

Tahlil

Kusto Jamiyati

Kusto Jamiyatiga (asl nomlanishi "Kusto Fondi" 1992-yilgacha) Jak Iv Kustoning o'zi tomonidan asos solingan bo'lib, u hozirda Kustoning ikkinchi rafiqasi Fransin Kusto tomonidan boshqarilib kelinmoqda.[5]

Ushbu xatda (1991-yil) o'sha davrda Kusto Jamiyatida Missiya boshlig'i lavozimida ishlayotgan Didye Serso, sovuqlik bilan Kustoni Islomni qabul qilmaganligi haqida xabar beradi. Eslatib o'tamiz, ushbu xat "Kusto Fondi"ning rasmiy bayonnomasi bo'lib, unga qarama-qarshi rasmiy hujjatlar elon qilinmagan.

Error creating thumbnail: Unable to save thumbnail to destination

Janob Sharl TUKER

11A Pennashi yo'li

69230 ST GENIS LAVAL

FC/DC

Parij, 2 noyabr 1991

Janob,

Biz sizning xatingizni oldik va bizning faoliyatimizga bo'lgan qiziqishingiz uchun sizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Sizga shuni aniqlashtirib o'tamizki, Qo'mondon Kusto musulmonchilikni qabul qilmagan va bu mish-mishlar esa hech qanday asossiz ravishda tarqatilgan.

Chin yurakdan,

Didye Serso

Missiya boshlig'i

Kustoning oilasi

Forbes jurnali 18-may, 2004-yilda xabar berishicha, musulmon dunyosida tarqatilayotgan mish-mishlar Kustoning oilasi tomonidan rasmiy ravishda rad etilgan.

Jak Kusto yillar davomida birinchi suv ostiga sayohatlari bilan, avtonom skafandr ixtirosi va dengiz ekologiyasini himoyachisi sifatida butun dunyoga mashhur ommaviy qahramon edi. Uning suv osti haqidagi hujjatli filmlari hatto televizor paydo bo'lishidan ham oldinroq ko'rilgan edi. Bugun musulmon dunyosida uni o'limidan oldin Islom dinini qabul qilganligi to'g'risida mish-mishlar hanuz tarqalmoqda, Kustoning o'z oilasi esa bunday axborotlarga o'zlarining qat'iy raddiyalarini bildirgan. Uning mashhurligi, ayniqsa, kommunist bloklari uzra keng ommalashgan. Chunki, Sovet Ittifoqi va Xitoyda uning hujjatli filmlari ko'p bora namoyish qilingan edi. So'nggi bor uning Kaspiy dengizga sayohati davomida "ko'p sonli olomon "Alikon"ni (kema) körish uchun sohillarga bir necha bor oshiqdilar" deydi Fransin.[6]

Kustoning so'zlaridan

Quyidagi yozuvlar Internetda keng tarqalgan bo'lib, unga ko'ra, Kusto har xil okeanlar suvini aralashmasligi hodisasini o'rgangandan so'ng bu haqda Qur'onda "nimadir" deyilganini hisobga olib Islomni qabul qilgan.

1962 yili, - deb hikoya qiladi Kusto, – olmon olimlari Bob al-Mandeb bo‘g‘ozida Qizil dengiz va Hind okeani suvlari bir-biriga qo‘shilmasligini aniqlagan edi. Biz ham Atlantika okeani va O‘rtayer dengizi suvlarida sinov o‘tkazishga qaror qildik. Oldin O‘rtayer dengizining sho‘rligi, zichligi va o‘ziga xos jihatlarini o‘rgandik. Xuddi shunday tadqiqot Atlantika okeanida ham o‘tkazildi. Bu ikki suv massasi Jabaltariq (Gibraltar) bo‘g‘ozida ming yillardan beri to‘qnashadi, mantiqan olib qaraganda, ulkan suv massalari bir-biriga qo‘shilib ketishi, hech bo‘lmaganda ularning sho‘rligi va zichligi o‘xshash bo‘lishi kerak edi. Biroq ular bir-biriga juda yaqin kelgan joylarda ham o‘ziga xoslik butunlay saqlangan. Boshqa so‘z bilan aytganda, suv massalarini qandaydir ko‘rinmas parda ajratib turardi. Bu mo‘‘jiza haqida professor Moris Byukalga so‘zlab berdim. U esa bu hech qanday hayron qolarli voqea emasligi, suvlarning qo‘shilmasligi to‘g‘risida Islomning Muqaddas Kitobi Qur’onda ma’lum qilinganini aytdi. Haqiqatdan ham bu holat Qur'onda ochiq oydin bayon qilingan eka, shundan so'ng men Qur'oni Karimni "Alloh so'zlari" ekanligiga ishondim va Islomni tanladim, haqiqiy dinni. Islomdagi iymon menga o'g'limni o'limi kabi og'ir damlarni o'tkazishda menga kuch ato etdi.

Bu jumlalar turklar tomonidan nashr etilgan "Mana nima uchun ular musulmon bo'ldilar" (The Reasons Why They Become Muslims) degan kitoblar ruknidan olingan bo'lib, bu kitoblar Islomiy tahririyat bo'lmish Waqf Ikhlas Publications tomonidan nashr qilingan va hech qanday ishonchli manbalarga ega emas.

Kustoning dafn marosimi

Jak Iv Kusto 25-iyun 1997-yilda yurak xuruji oqibatida Parijda 87 yoshida vafot etdi. Uning dafn marosimi Islomiy tarzda o'tkazilmagan, aksincha u nasroniylikning Katolik-Roman urf-odatlari asosida dafn qilinadi. Kusto o'z oilasinig odatiy qabristoni bo'lmish Fransiyadagi Sen Andre de Kubzakka dafn qilingan.[7][8]

Sen Andre de Kubzak shahri Kusto uchun motam marosimi uyushtirib, uning nomiga «Qo'mondon Kusto» ko'chasini tashkil qilishadi. Mazkur ko'cha Kustoning tug'ilib o'sgan uyiga olib boruvchi ko'cha bo'lib, uning bolalik yillari o'tgan uyi oldiga maxsus yodgorlik o'rnatiladi.

Xulosa

Kustoning Islomni qabul qilganligi haqidagi axborotlar faqatgina Islomning targ'ibot va tashviqoti bilan shug'ullanuvchi tahririyatlar tomonidan keltirilgan bo'lib, u hech qanday xolis va betaraf manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.

Kustoning o'zi tomonidan tashkil qilingan «Kusto Jamiyati» bu mish-mishlarda hech qanday asos yo'qligini shaxsan tasdiqlab bergan. Eslatib o'tamiz, mavjud tasdiq «Kusto Jamiyati» tomonidan rasmiy ochiq xat tarzida e'lon qilingan va bu e'lon qilinish paytida Jak Kusto nafaqat tirik bölgan, balkim o'sha jamiyatning boshqaruvchisi ham bo'lgan. Shunday ekan, bu rasmiy xat shaxsan Kusto tomonidan e'lon qilinmagan bo'lsada, xat elon qilinmasidan oldin Kustoning e'tiboriga havola etilgan. Xat e'lon qilingandan so'ng ham Kusto bunga hech qanday raddiya bildirmagan.

Kustoning oilasi hurmat bilan bu ig'volarni bir necha bor rad qilgan; bundan tashqari u Xristian cherkoviga tegishli bo'lgan qabristonga Katolik-Roman urf-odatlari bilan dafn etilgan. O'limidan oldin Kusto o'zini Islomga kirganligi haqida hech qanday bayonot yoki axborotlarni taqdim etmagan, bunga ishora qiluvchi hech qanday hatti-harakatlarni ham amalga oshirmagan.

Qarang

Ingliz tilida

Tarjimalar

  • Bu sahifa shuningdek bu tillarda ham mavjud: inglizcha, fransuzcha. Boshqa tillar uchun chapdagi panelga qarang.

Manbalar

  1. "Scuba set", Wikipedia, accessed October 8, 2013 (archived), http://en.wikipedia.org/wiki/Scuba_set. 
  2. Jacques Cousteau - Wikipedia, lu le 8 mai 2012
  3. Mashhurlar hayoti, "Dunyoni qaytadan kashf etgan olim", Orif Tolib, April 20, 2013 (archived), http://oriftolib.uz/uzb/jurnalistika-2/maqolalar/mashhurlar-hayoti/376-dunyoni-qaytadan-kashf-etgan-olim.html. 
  4. Waleed el-Shobaki - Qur’an’s confirmation of an amazing undersea discovery - TruthPrevailed.wordpress.com, January 7, 2012
  5. Équipe Cousteau - Wikipedia (Français), lu le 17 juillet 2012
  6. Melik Kaylan - Cousteau Comeback - Forbes, May 18, 2004
  7. Jacques-Yves Cousteau - FindAGrave.com, Memorial No. 9889, 7 juin 2000
  8. Philippe Landru, "SAINT-ANDRÉ-DE-CUBZAC (33) : cimetière", Cimetières de France et d'ailleurs, 6 février 2008 (archived), http://www.landrucimetieres.fr/spip/spip.php?article188.