Kusto - "Musulmon"

From WikiIslam, the online resource on Islam
Jump to navigation Jump to search
Error creating thumbnail: Unable to save thumbnail to destination
Jacques-Yves Cousteau

Jak Iv Kusto (11 iyun 1910 – 25 iyun 1997), fransuz harbiy dengiz zobiti, ekspeditsiyachi, ekolog, rejissyor, ihtirochi, ilmiy olim, fotograf, avtor va izlanuvchi, asosan dengiz va boshqa barcha suv havzalarini o'rganishga ko'p yillar bag'ishlagan. U suv ostida harakatlanish imkonini beruvchi avtonom skafandrni yaratuvchilaridan biridir [1], bundan tashqari u Fransiya Fanlar Akademiyasining a'zosi bo'lgan, uning eng ommabop ismi Qo'mondon yoki kapitan Kusto edi [2].

Musulmonlarning ta'kidi

Ko'pchilik musulmonlarning aytishicha u [[Quron]da keltirilgan Islomiy mo'jizani guvohi bo'lgandan so'ng o'zini musulmon deb e'lon qilgan. Unga ko'ra "har hil tuzlanish darajasiga ega bo'lgan suvlar o'rtasidagi ko'rinmas chegara tufayli bir biri bilan aralashib ketmaydilar". Mana bu haqda qanday hikoya qilinadi:

1962 yili, - deb hikoya qiladi Kusto, – olmon olimlari Bob al-Mandeb bo‘g‘ozida Qizil dengiz va Hind okeani suvlari bir-biriga qo‘shilmasligini aniqlagan edi. Biz ham Atlantika okeani va O‘rtayer dengizi suvlarida sinov o‘tkazishga qaror qildik. Oldin O‘rtayer dengizining sho‘rligi, zichligi va o‘ziga xos jihatlarini o‘rgandik. Xuddi shunday tadqiqot Atlantika okeanida ham o‘tkazildi. Bu ikki suv massasi Jabaltariq (Gibraltar) bo‘g‘ozida ming yillardan beri to‘qnashadi, mantiqan olib qaraganda, ulkan suv massalari bir-biriga qo‘shilib ketishi, hech bo‘lmaganda ularning sho‘rligi va zichligi o‘xshash bo‘lishi kerak edi. Biroq ular bir-biriga juda yaqin kelgan joylarda ham o‘ziga xoslik butunlay saqlangan. Boshqa so‘z bilan aytganda, suv massalarini qandaydir ko‘rinmas parda ajratib turardi. Bu mo‘jiza haqida professor Moris Byukalga so‘zlab berdim. U esa bu hech qanday hayron qolarli voqea emasligi, suvlarning qo‘shilmasligi to‘g‘risida Islomning Muqaddas Kitobi – Quroni karimda 1400 yil oldin odamzodga ma’lum qilinganini aytdi. Bu men uchun xuddi tip-tiniq osmonda birdan momaqaldiroq gumburlaganday edi. Quroni karim tarjimalarini varaqlab ko‘rgach: “Qasam ichaman, bu Muqaddas Kitob, zamonaviy ilm 1400 yilga orqada qolayotgan ushbu Quron inson so‘zlari bo‘lishi mumkin emas! Bu Yaratganning Kalomidir!”, deb hayqirib yubordim. Shundan so‘ng Islomni qabul qildim va kundan-kunga bu dinning haqqoniyati, adolatparvarligi, qulayligi va foydalarini sezdim. Ko‘zlarimga haqiqatni ochiq-oydin ko‘rsatgani uchun Allohga beadad shukrlar aytaman[3].

Musulmonlarning fikriga ko'ra Kusto Quronning 25-surasi Al-Furqonning 53-oyatida keltirilgan «U ikki dengizni bir-birlari bilan uchrashadigan qilib (yonma-yon) oqizib qo'ydi. (Ammo) u ikkisining o'rtasida bir to'siq bo'lib, ular (o'sha to'siqdan) oshib o'tmaslar» jumlaga tan berib Quronni ilohiy kitob deb tan olib, o'zini Islomni qabul qilganini e'lon qilgan.[4]}}

Tahlil

Kusto Jamiyati

Kusto Jamiyatiga (asl nomlanishi "Kusto Fondi" 1992-yilgacha) Jak Iv Kustoning o'zi tomonidan asos solingan bo'lib, u hozirda Kustoning ikkinchi rafiqasi Fransin Kusto tomonidan boshqarilib kelinmoqda[5].

Ushbu xatda (1991-yil) o'sha davrda Kusto Jamiyatida Missiya boshlig'i lavozimida ishlayotgan Didie Serso, sovuqlik bilan Kustoni Islomni qabul qilmaganligi haqida habar beradi. Eslatib o'tamiz ushbu xat Kusto Fondining rasmiy deklaratsiyasi bo'lib, unga qarama qarshi rasmiy hujjatlar e'lon qilinmagan.

Error creating thumbnail: Unable to save thumbnail to destination

Janob Sharl TUKER

11A Pennashi yo'li

69230 ST GENIS LAVAL

FC/DC

Parij, 2 noyabr 1991

Janob,

Biz sizni xatingizni oldik va sizga bizning faoliyatimizga bo'lgan qiziqishingiz uchun o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Sizga shuni aniqlashtirib o'tamizki Qo'mondon Kusto Musulmonchilikni qabul qilmadilar va bu mish-mishlar esa hech qanday asossiz tarqatilgan.

Chin Yurakdan,

Didie Serso

Missiya boshlig'i

Kusto oilasi

Forbes magazini 18 may 2004-yilda habar berishicha Musulmon dunyosida tarqatilayotgan mish-mishlar Kusto oilasi tomonidan rasmiy ravishda rad etilgan.

Jak Kusto yillar davomida birinchi suv ostiga sayohatlari bilan, avtonom skafandr ixtirosi va dengiz ekologiyasini himoyachisi sifatida butun dunyoga mashxur ommaviy qahramon edi. Uning suv osti haqidagi hujjatli filmlari hatto televizor paydo bo'lishidan ham oldinroq ko'rilgan edi. Bugun Musulmon dunyosida uni o'limidan oldin Islom dinini qabul qilganligi to'g'risida mish-mishlar hanuz tarqalmoqda, Kustoning o'z oilasi esa bunday axborotlarga o'zining qa'tiy raddiyalarini bildirgan. Uning mashhurligi Kommunist bloklari uzra ayniqsa keng ommalashgan, chunki Sovet Ittifoqi va Xitoda uning hujjatli filmlari ko'p bora namoyish qilingan edi. So'ngi bor uning Kaspiy dengizga sayohati davomida "ko'p sonli olomon "Alikon"ni (kema) ko'rish uchun sohillarga bir necha bor oshiqdilar" deydi Fransin. [6]

Kustoning so'zlaridan

Quyidagi yozuvlar Internetda keng tarqalgan bo'lib, unga ko'ra Kusto har hil okeanlar suvini aralashmasligi hodisasini o'rgangandan so'ng, bu haqda Quronda "nimadir" deyilganini hisobga olib Islomni qabul qilgan.

1962 yili, - deb hikoya qiladi Kusto, – olmon olimlari Bob al-Mandeb bo‘g‘ozida Qizil dengiz va Hind okeani suvlari bir-biriga qo‘shilmasligini aniqlagan edi. Biz ham Atlantika okeani va O‘rtayer dengizi suvlarida sinov o‘tkazishga qaror qildik. Oldin O‘rtayer dengizining sho‘rligi, zichligi va o‘ziga xos jihatlarini o‘rgandik. Xuddi shunday tadqiqot Atlantika okeanida ham o‘tkazildi. Bu ikki suv massasi Jabaltariq (Gibraltar) bo‘g‘ozida ming yillardan beri to‘qnashadi, mantiqan olib qaraganda, ulkan suv massalari bir-biriga qo‘shilib ketishi, hech bo‘lmaganda ularning sho‘rligi va zichligi o‘xshash bo‘lishi kerak edi. Biroq ular bir-biriga juda yaqin kelgan joylarda ham o‘ziga xoslik butunlay saqlangan. Boshqa so‘z bilan aytganda, suv massalarini qandaydir ko‘rinmas parda ajratib turardi. Bu mo‘‘jiza haqida professor Moris Byukalga so‘zlab berdim. U esa bu hech qanday hayron qolarli voqea emasligi, suvlarning qo‘shilmasligi to‘g‘risida Islomning Muqaddas Kitobi Quronda ma’lum qilinganini aytdi. Haqiqatdan ham bu holat Quronda ochiq oydin bayon qilingan eka, shundan so'ng men Quroni Karimni "Alloh so'zlari" ekanligiga ishondim va Islomni tanladim, haqiqiy dinni. Islomdagi iymon menga o'g'limni o'limi kabi og'ir damlarni o'tkazishda menga kuch ato etdi.

Bu jumlalar Turk kitoblari bo'lmish "Mana nima uchun ular Musulmon bo'ldilar" (The Reasons Why They Become Muslims)degan kitoblar seriyasidan olingan bo'lib, bu kitoblar Islomiy tahririyat bo'lmish Waqf Ikhlas Publications tomonidan nashr qilingandir va hech qanday ishonchli manbaalarga ega emas.

Kustoning dafn marosimi

Jak Iv Kusto 25 iyun 1997-yilda yurak xuruji oqibatida Parijda 87-yoshida vafot etdi. Uning dafn marosimi Islomiy bo'lmadi, aksincha u Nasroniylikning Katolik-Roman urf-odatlariga ko'ra dafn qilinadi. Kusto o'zining oilasinig odatiy qabristoni bo'lmish Fransiyadagi Sen Andre de Kubzakka dafn qilinadi. [7] [8]

Sen Andre de Kubzak shaxri Kusto uchun motam marosimi uyushtirib, uning nomiga Qo'mondon Kusto ko'chasi tashkil qilinadi, ushbu ko'cha Kustoning tug'ilib o'sgan uyiga olib boruvchi bo'lib, uning bolalik yillari o'tgan uyi oldiga mahsus yodgorlik o'rnatiladi.

Xulosa

Kustoning Islomni qabul qilganligi haqidagi yagona axborot Islom targ'ibot va tashviqoti bilan shug'ullanuvchi tahririyat tomonidan keltirilgan bo'lib, u hech qanday xolis va betaraf manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.

Kustoning o'zi tomonidan tashkil qilingan Kusto Jamiyati bu mish-mishlarni hech qanday asossizligini shaxsan tasdiqlab bergan, eslatib o'tamiz bu tasdiq jamiyat tomonidan rasmiy ochiq hat tarzida e'lon qilingan va bu e'lon qilinish paytida Jak Kusto nafaqat tirik bo'lgan, balki o'sha jamiyatning boshqaruvchisi bo'lgan. Shunday ekan bu rasmiy xat Kusto tomonidan e'lon qilinmagan bo'lsada, xat e'lon qilinmasidan oldin Kustoning e'tiboriga havola etilgan. Xat e'lon qilingandan so'ng ham Kusto bunga hech qanday raddiya bermagan.

Kustoning oilasi xurmat bilan bu ig'volarni bir necha bor rad qildi; bundan tashqari u Xristian cherkoviga tegishli bo'lgan qabristonga Katolik-Roman urf-odatlari bilan dafn etilgan. O'limidan oldin Kusto o'zini Islomga kirganligi haqida hech qanday deklaratsiya yoki axborotlarni bildirmagan, bunga ishora qiluvchi hech qanday hatti-harakatlarni ham qilmagan.


Ingliz tilida

Traductions

  • Une version de cette page est aussi disponible dans les langues suivantes : anglaise.

Références

  1. http://en.wikipedia.org/wiki/Scuba_set
  2. Jacques Cousteau - Wikipedia, lu le 8 mai 2012
  3. http://oriftolib.uz/uzb/jurnalistika-2/maqolalar/mashhurlar-hayoti/376-dunyoni-qaytadan-kashf-etgan-olim.html
  4. Waleed el-Shobaki - Qur’an’s confirmation of an amazing undersea discovery - TruthPrevailed.wordpress.com, January 7, 2012
  5. Équipe Cousteau - Wikipedia (Français), lu le 17 juillet 2012
  6. Melik Kaylan - Cousteau Comeback - Forbes, May 18, 2004
  7. Jacques-Yves Cousteau - FindAGrave.com, Memorial No. 9889, 7 juin 2000
  8. http://www.landrucimetieres.fr/spip/spip.php?article188