Ushbu maqolada Qurondagi eng janjalli, bahsli 10 oyat keltirilgan. Bu sahifa faqat qisqa malumot berib, na Islom apologetlari, na tanqidchilari fikrlarini öz ichiga olgan. Har oyat ostida mavzuni batafsil yorituvchi maqolalarga ishoratlar berilgan.
10. "Uringlar"
Bu oyat itoat etmagan xotinlarni urishni buyuradi:
Erkaklar xotinlari ustida rahbardurlar. Bunga sabab Alloh ularning birovlarini birovlaridan ortiq qilgani va erkaklar öz mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir. Bas, ibodat-itoatli va erlari yöqligida Allohning hifzu himoyati bilan saqlovchi xotinlar - yaxshi xotinlardir. Xotinlaringizning itoatsizligidan qörqsangiz, avvalo ularga pand-nasihat qilinglar, söng ularni yotoqlarda tark qilingiz, söngra uringlar. Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yöl axtarmanglar. Albatta, Alloh eng yuksak va buyuk bölgan zotdir.
Error creating thumbnail: Unable to save thumbnail to destination
Qarang: Islomda xotin urish (ingl.)
9. "Qöllarini kesinglar"
Bu oyat öğrilarga vahshiy va tuzatib bölmas jazo berishni buyurib, ularni xulqi tuzalishi va jamiyatning foydali azosi bölish imkonidan mahrum etadi. Masalan, Terrence Barkley 16 yoshiga kirgan kuni avtomobil öğrilagani uchun hibsga olindi, biroq u keyinchalik jinoiy tödadan uzoqlashib, Markaziy Missouri Universitetiga jinoiy huquqni örganish uchun kirdi.[1] Agar shariatga böysunib, Terrence'ning qöllarini kesishganida edi, bunday bölmas edi.
Öğri erkakni ham, öğri ayolni ham qilmishlariga jazo bölsin uchun, Alloh tomonidan azob bölsin uchun qöllarini kesinglar! Alloh qudrat va hikmat egasidir.
Albatta, Alloh va payğambariga qarshi urushadigan va yerda buzğunchlik qilish harakatida yuradigan kimsalarning jazosi - öldirilish yo dorga osilish, yoki oyoq-qöllari teskarisiga kesilishi, yoxud öz yerlaridan surgun qilinishlaridir. Bu jazo ular uchun bu dunyoda rasvolik - sharmandalik bölur. Oxiratda esa ular uchun uluğ azob bordir.
Qarang: Amputatsiya (ingl.). Boshqa islomiy jazolar: Jazolar (ingl.)
8. Tört xotin olish mumkin
Bu oyat erkakka törttagacha xotin olishga ruxsat beradi:
Agar yetim qizlarga adolat qila olmaslikdan qörqsangiz, sizlar uchun nikohi halol bölgan ayollarga ikkita, uchta, törttadan uylanaveringlar. Endi agar adolat qila olmaslikdan qörqsangiz, bir ayolga yoki qöl ostingizdagi chöri bilan. Mana shu jabru zulmga ötib ketmasligingizga yaqinroq ishdir.
Köpxotinlik zamonaviy dunyoning köp joylarida qabul qilinmaydi. Qarang: Köpxotinlik (ingl.)
7. Voyaga yetmagan qizga uylanish mumkin
Nihoyatda janjalli bu oyatda voyaga yetmagan qizlar bilan yotishdan avval uch oy kutish kerakligi buyuriladi:
Ayollaringiz orasidagi hayz körishdan umid uzganlari, agar sizlar shubhalansangizlar, bas, ularning iddalari uch oydir, yana hayz körmaganning ham uch oydir. Homiladorlarning muddatlari homilalarini qöyishlari. Kim Allohdan qörqsa uning ishini oson qilir.
Qarang: Quronda pedofiliya (ingl.)
6. Asirlar bilan jinsiy aloqa qilish mumkin
Bu oyat erkaklarga asir ayollar bilan jinsiy aloqa qilish mumkinligini aytadi:
Ey payğambar, albatta Biz siz uchun haqqi-mahrlarini bergan juftlaringizni, Alloh sizga ölja qilib bergan qöl ostingizdagi chörilaringiz, siz bilan birga hijrat qilgan amakingizning qizlarini va ammalaringizning qizlarini, toğangizning qizlarini va xolalaringizning qizlarini yana mömina ayolni - agar u özini payğambarga hadya etsayu, payğambar uni öz nikohiga olishni istasa halol qildik. Möminlar uchun emas, xolis siz uchundir. Biz juftlari va qöl ostilaridagi chörilari haqida farz qilgan hukmlarimiz esa aniq malumdir. Toki sizga tanglik bölmasligi uchun. Alloh mağfiratli va mehribon bölgan zotdir.
Qarang: Islomda nomusga tegish (ingl.)
Error creating thumbnail: Unable to save thumbnail to destination
Quron 2:65 shabbatni buzgan yahudiylar maymunlarga aylantirilgani haqida aytadi.
5. "Maymunlarga aylaningiz"
Shabbatni buzganlar maymunlarga aylantirilgan:
Orangizdan shanba kunida haddan oshgan kimsalarni bildingiz. Bas, Biz ularga: "Badbaxt maymunlarga aylaningiz," dedik.
Qarang: Islomiy antisemitizm (ingl.)
4. Asrandi bolaning xotiniga uylanish mumkin
Muhammad asrandi öğlining xotini Zaynabga uylangan. Bu oyat bunga ruxsat beradi:
Alloh biron kishining ichida ikki yurak qilgan emasdir, sizlar zihor qiladigan xotinlaringizni ham sizlarga ona qilgan emas va asrandi bolalaringizni öz bolalaringiz qilgan emasdir. Bu sizlarning oğizlaringizdagi sözingizdir. Yolğiz Alloh haqiqatni aytur va Uning Özi hidoyat qilur.
Qarang: Islomiy xavotir: Bola asrab olish (ingl.)
Error creating thumbnail: Unable to save thumbnail to destination
Quron 2:282 va
Quron 4:11 guvohlik va meros masalalarida ayolning qiymati erkak qiymatining atigi yarmiga teng deydi.
3. Ayol guvohligi erkak guvohligi yarmiga teng
Bu oyat bir erkak guvohligi ikki ayol guvohligiga teng deydi:
Ey möminlar, bir-birlaringiz bilan qarz muomalasini qilsangiz, yozib qöyinglar! Oralaringizda bir kotib adolat bilan yozsin! Hech bir kotib Alloh bildirgan yozishdan bosh tortmasin, albatta yozsin! Zimmasida qarzi bölgan kishi yozdirsin - Parvardigori bölmish Allohdan qörqsin va u qarzdan biron narsa kamaytirib yozmasin! Agar zimmasida qarzi bölgan kishi aqlsiz yo ojiz bölsa, yoki yozdirishga qodir bölmasa, uning homiy vakili adolat bilan yozdirsin! Va sizlar rozi böladigan
guvohlardan ikki erkak kishini, agar ikki erkak topilmasa, bir erkak va ikki ayolni - biri unutib adashsa, yana biri unga eslatadi - guvoh qilinglar! Guvohlar chaqirilganda bosh tortmasinlar! Xoh katta, xoh kichik qarz bölsin, muddati kelgunicha yozib qöyishdan erinmanglar. Mana shu Alloh nazdida adolatliroq, guvohlik uchun töğriroq va shak-shubha qilmaslikka yaqinroq bölgan. Lekin agar oralaringizda yurgizib turgan naqd savdo bölsa, uni yozmasangiz-da, sizlar uchun gunoh yöqdir. Va bir-biringiz bilan savdo qilganda guvoh keltiring! Va na kotib, na guvohga zarar yetmasin. Agar shunday qilsangiz, bu Allohga itoatsizligingizdir. Allohdan qörqingiz! Alloh sizlarga bildiradi. Alloh hamma narsani bilguvchidir.
Qarang: Ayollar aqli (ingl.)
ManbalarQarang