Eng janjalli 10 oyat

From WikiIslam, the online resource on Islam
Revision as of 07:59, 8 October 2013 by Shrimp (talk | contribs) (moving)
(diff) ← Older revision | Latest revision (diff) | Newer revision → (diff)
Jump to navigation Jump to search

Ushbu maqolada Qurondagi eng janjalli, bahsli 10 oyat keltirilgan. Bu sahifa faqat qisqa malumot berib, na Islom apologetlari, na tanqidchilari fikrlarini öz ichiga olgan. Har oyat ostida mavzuni batafsil yorituvchi maqolalarga ishoratlar berilgan.

10. "Uringlar"

Bu oyat itoat etmagan xotinlarni urishni buyuradi:

Erkaklar xotinlari ustida rahbardurlar. Bunga sabab Alloh ularning birovlarini birovlaridan ortiq qilgani va erkaklar öz mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir. Bas, ibodat-itoatli va erlari yöqligida Allohning hifzu himoyati bilan saqlovchi xotinlar - yaxshi xotinlardir. Xotinlaringizning itoatsizligidan qörqsangiz, avvalo ularga pand-nasihat qilinglar, söng ularni yotoqlarda tark qilingiz, söngra uringlar. Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yöl axtarmanglar. Albatta, Alloh eng yuksak va buyuk bölgan zotdir.
Error creating thumbnail: Unable to save thumbnail to destination
Quron 5:38 öğri qölini kesishni buyuradi.

Qarang: Islomda xotin urish (ingl.)

9. "Qöllarini kesinglar"

Bu oyat öğrilarga vahshiy va tuzatib bölmas jazo berishni buyurib, ularni xulqi tuzalishi va jamiyatning foydali azosi bölish imkonidan mahrum etadi. Masalan, Terrence Barkley 16 yoshiga kirgan kuni avtomobil öğrilagani uchun hibsga olindi, biroq u keyinchalik jinoiy tödadan uzoqlashib, Markaziy Missouri Universitetiga jinoiy huquqni örganish uchun kirdi.[1] Agar shariatga böysunib, Terrence'ning qöllarini kesishganida edi, bunday bölmas edi.

Öğri erkakni ham, öğri ayolni ham qilmishlariga jazo bölsin uchun, Alloh tomonidan azob bölsin uchun qöllarini kesinglar! Alloh qudrat va hikmat egasidir.
Albatta, Alloh va payğambariga qarshi urushadigan va yerda buzğunchlik qilish harakatida yuradigan kimsalarning jazosi - öldirilish yo dorga osilish, yoki oyoq-qöllari teskarisiga kesilishi, yoxud öz yerlaridan surgun qilinishlaridir. Bu jazo ular uchun bu dunyoda rasvolik - sharmandalik bölur. Oxiratda esa ular uchun uluğ azob bordir.

Qarang: Amputatsiya (ingl.). Boshqa islomiy jazolar: Jazolar (ingl.)


8. Tört xotin olish mumkin

Bu oyat erkakka törttagacha xotin olishga ruxsat beradi:

Agar yetim qizlarga adolat qila olmaslikdan qörqsangiz, sizlar uchun nikohi halol bölgan ayollarga ikkita, uchta, törttadan uylanaveringlar. Endi agar adolat qila olmaslikdan qörqsangiz, bir ayolga yoki qöl ostingizdagi chöri bilan. Mana shu jabru zulmga ötib ketmasligingizga yaqinroq ishdir.

Köpxotinlik zamonaviy dunyoning köp joylarida qabul qilinmaydi. Qarang: Köpxotinlik (ingl.)

7. Voyaga yetmagan qizga uylanish mumkin

Nihoyatda janjalli bu oyatda voyaga yetmagan qizlar bilan yotishdan avval uch oy kutish kerakligi buyuriladi:

Ayollaringiz orasidagi hayz körishdan umid uzganlari, agar sizlar shubhalansangizlar, bas, ularning iddalari uch oydir, yana hayz körmaganning ham uch oydir. Homiladorlarning muddatlari homilalarini qöyishlari. Kim Allohdan qörqsa uning ishini oson qilir.

Qarang: Quronda pedofiliya (ingl.)

Manbalar