Olamning Qurondagi manzarasi
Ushbu maqolada Quronda olam qanday tushuntirilgani yoritiladi.
Kirish
Fizik olamning Qurondagi manzarasi qadimgi Yaqin Sharq va unga qöshni mintaqalar - yunon va rumliklarning borliq haqidagi bilim va tushunchalaridan kam bölsa kam-ki, ortiq emas. U paytga kelib ayrim madaniyatlar Yer sayyorasi sharsimon ekanligini tushunib yetgan bölsa, Quronda Yer tekis deyiladi.
Bazi fikrlarga binoan qadimgi diniy manbalarni sözma-söz qabul qilish shart emas, ayrim qismlarini köchma manoda tushunish mumkin. Biroq musulmonlarning aksariyati bunday fikrlamay, Quronni xudoning aynan sözi, deb ishonishadi. Bu maqolada esa Quronni xudodan kelgan, deb emas, balki Muhammadning sözlari, deb qabul qilinadi va Muhammadning olam haqidagi tushunchasi körsatiladi.
Quron kosmologiyasi
Osmonlar va Yer
Quron kosmologiyasi haqida yozishni islomiy olamning nihoyatda kichkina va sodda ekanligini eslatishdan boshlash lozim. Quronga binoan olam atigi ikkita qismdan: osmonlar va yerdan iborat.
Islomda zamonaviy odamlar biladigan boshqa astronomik qamrovlar yöq. Quronda yulduz tizimlari, galaktikalari, vakuum degan narsalar haqida yozilmagan. Yer koinotdagi bazi boshqa jismlar kabi sayyora, Quyoshning esa bir yulduz ekani haqida hech nima deyilmaydi. Quron kosmologiyasi asosan qurollanmagan köz bilan körinadigan osmon jismlari bilan chegaralangan; qadimgilar köra olmagan jismlarni tasvirlashda esa qattiq yanglishadi.
Yaratilish zamirida "osmonlar va yer" yotishi Quronda takror va takror eslatiladi, bu ikki narsaning "ajratilishi" esa Allohning butun olamni qanday yaratganini körsatish uchun ishlatiladi.
Bu ikki joyning favquloddaligiga takroran urğu beriladi. Bu ikki joydan boshqa joy eslatilmaydi. Quron mualliflari Allohning hamma narsadan boxabarligini bildirish uchun "yeru osmon" iborasini ishlatib, göyoki butun olam shulardangina iborat ekaniga ishora qilishadi.
"Osmonlar va yer" shuningdek ichida butun olamni saqlaydigan "idish" kabi tasvirlanadi. Hamma narsa osmon va yer orasida joylashgan.
Ajablanarli emas-ki, ushbu "osmon va yer orasidagi" fazo yerda turgan odamning (har doim ham töğri emas) nuqtai nazaridan tushuntirilgan. Atrofga qaraganda, Yer tekis körinadi, ufq esa kuzatuvchi tekis disk markazida turganidek taassurot qoldiradi. Tepaga qaralsa, osmon ufqqa örnatilgan qattiq kök gumbazdek tuyuladi. Quronda ham aynan shu taassurot tasvirlangan.
Quronda Alloh osmonu yerni yaratayotganida, avval yerdan boshlagani ochiq aytiladi.
Va
Shunday qilib islomiy olamning asosini kördik. Yer - tekis disk, osmon esa - ustma-ust yetti qattiq gumbaz.