Doktor Keyt Mur va Islomiy embriologiya: Difference between revisions
[checked revision] | [checked revision] |
(Orfografik va punktuatsion tuzatishlar kiritildi; havolalar biriktirildi (Spelling and punctuation errors have been modified; links have been attached)) |
No edit summary |
||
Line 32: | Line 32: | ||
Embriologiya tarixi bo'yicha taniqli mutaxassis J. Nidam ham Qur'ondagi embriologiyani inkor etib, shunday izohlagan: | Embriologiya tarixi bo'yicha taniqli mutaxassis J. Nidam ham Qur'ondagi embriologiyani inkor etib, shunday izohlagan: | ||
{{Quote||«Aristotel va Ayur-veda ishlarining | {{Quote||«Aristotel va Ayur-veda ishlarining VII asrdagi sadosi.»<ref>J. Needham, Cambridge, 2nd edition 1959, A History of Embryology, page 77.</ref>}} | ||
Revision as of 09:11, 13 June 2015
Keyt Leon Mur (1925-yil, 5-oktabrda Kanadaning Ontario viloyati, Brantford shahrida tug'ilgan) – Kanadaning Ontario viloyati, Toronto Universitetining «Jarrohlik fakulteti», «Anatomiya» bo'limining faxriy professori; ushbu universitetning «Tibbiyot fakulteti»da «Fundamental tibbiyot fanlari» bo'yicha dekan o'rinbosari va 1976-1984 yillarda «Anatomiya» kafedrasi mudiri bo'lgan. Shu bilan birga, Dr. Mur «Amerika klinik anatomistlar assotsiatsiyasi» (AKAA) asoschilaridan biri hisoblanib,[1][2] 1989-1991 yillarda «AKAA»ning prezidenti bo'lgan.[3]
Islomiy embriologiya
Dr. Mur nomi shunisi bilan e'tiborliki, uning ismi Qur'on embriologiyasining «ilmiy to'g'riligi»ni isbotlashda Islom targ'ibotchilari tilga oladigan yagona embriolog olimdir. 1980-yilda Saudiya Arabistonining Qirol Abdulaziz Universiteti qoshidagi «Embriologiya komiteti» Dr. Murga bir taklif kiritadi. Taklifga binoan Dr. Mur Islom universitetlari talabalari uchun o'zining eng mashhur «Rivojlanayotgan odam» nomli kitobining maxsus 3-nashrini taqdim etishi kerak edi. Saudlar qirollik oilasi Dr. Mur nomini sotib olish uchun uni moliyaviy ta'minlaydi. Kitobga esa Dr. Mur tomonidan hech qanday qo'shimcha kiritilmaydi.
Dr. Mur Saudiya Arabistoni universitetlariga yuborgan darslik quyidagicha nomlanadi: «Rivojlanayotgan odam: Klinik yo'naltirilgan embriologiya. Islomiy qo'shimchalar bilan».[4] Ushbu yangi nashrga Dr. Mur tomonidan hech qanday yangilik kiritilmagan. «Islomiy qo'shimchalar» esa Abdul Majid al-Zindoniy qalamiga mansub. Shunday qilib, standart ilm-fan andozalari o'z o'rnini al-Zindoniyning «Islomiy qo'shimchalar»iga bo'shatib beradi.
Islomiy terrorchilarga aloqasi
Dr. Mur kitobining hammuallifi bo'lmish Abdul Majid al-Zindoniy islom jangarisi hisoblanadi. U – Yaman universiteti asoschisi va boshlig'i, «Yaman musulmonlari birodarligi» siyosiy harakati boshlig'i va Saudiya Arabistonidagi «Qur'on va sunnatning ilmiy belgilari bo'yicha komissiya»ning (Bukaylizmni targ'ib qiluvchi tashkilotlardan biri) asoschisi.[5]
Zindoniy «al-Qoida»ga aloqador bo'lgan «Ansar al-Islom» (AI) qurd terrorchi tashkilotining vakili sifatida faoliyat yuritgan va shu bilan bir qatorda, terrorchilar Jon Uolker Lin va Anvar al-Avlakiy bilan aloqalari bor. 2004-yilda AQSH Moliya Vazirligi matbuotda al-Zindoniyni «Maxsus yollangan xalqaro terrorchi» deb e'lon qilgan.[6]
Yana bir qiziq tarafi, kitobning yaratilishida o'zining vaqti va moliyaviy yordami bilan hissa qo'shganlar uchun ajratilgan maxsus «Minnatdorchilik bildiramiz» sahifasida bir qator «atoqli olimlarni» uchratish mumkin. Ro'yxatning 6-qatoridan Usama ben Laden joy olgan (Zindoniy va ben Laden o'rtasida uzoq tarixlik hamkorlik mavjud bo'lib, bir vaqtlar Zindoniy ben Ladenga diniy yo'lboshchilik qilgan).[6]
Dr. Murning hozirgi kundagi qarashlari
Mur va Zindoniyning hamkorligi asosida paydo bo'lgan mazkur kitob fan olamida akademik kitob sanalmaydi va Murning keyingi ilmiy ishlari «Islomiy qo'shimchalar»ga mutlaqo zid keladi. Bir qancha muddat o'tgach, Dr. Mur va Dr. Perso o'zlarining «Rivojlanayotgan odam: Klinik yo'naltirilgan embriologiya» kitobining 7-nashrida Qur'onda keltirilgan embriologiya – Qadimgi yunon va hind tibbiyotida keltirilgan ma'lumotlarning ko'chirmasi ekanligini tan oladilar.[7]
Misol uchun, 1986-yilda Dr. Mur shunday yozadi:
Ammo, 2007-yilda chop etilgan «Rivojlanayotgan odam» kitobining 8-nashrida Dr. Mur shunday deydi:
Bu shundan dalolatki, Murning Qur'on embriologiyasi borasida bildirgan avvalgi gaplari fanning emas, balkim, Saudlar qirollik oilasi homiyligining mahsulidir.
Embriologiya tarixi bo'yicha taniqli mutaxassis J. Nidam ham Qur'ondagi embriologiyani inkor etib, shunday izohlagan:
Aloqadorligini inkor etishi
Dr. Mur o'zining bugungi kundagi tarjimai holida Islom, Qur'on va islomiy embriologiyaga aloqadorligi haqidagi ma'lumotlarni qayd etmagan. Shu qatorda, tarjimai holida «Rivojlanayotgan odam» kitobining 3-nashri va islom terrorchilariga aloqadorligi haqidagi ma'lumotlarni ham tushirib qoldirgan. Na Saudiya Arabistonidagi leksiyalari va na musulmon davlatlaridagi islomga aloqador faoliyati haqida umuman gapirmagan.
2002-yilda Dr. Mur o'zining Islomga oid faoliyati haqida «The Wall Street Journal» nashriga intervyu berishdan bosh tortgan va buni quyidagicha izohlagan:
Qarang
Ingliz tilida
- Lying - A hub page that leads to other articles related to lying
Manbalar
- ↑ "Honored Member Award 1994 Keith L. Moore, MSc, PhD, FIAC, FRSM", American Association of Clinical Anatomists, http://www.clinical-anatomy.org/honored/moore.html.
- ↑ "Keith L. Moore: My 60 years as a Clinical Anatomist", American Association of Anatomists, http://www.anatomy.org/content/keith-l-moore.
- ↑ "American Association of Clinical Anatomists – Past Presidents", American Association of Clinical Anatomists, http://www.clinical-anatomy.org/pastpresidents.html.
- ↑ Keith L. Moore, Shaykh Abdul-Majeed A. Azzindani (1983), The Developing Human: Clinically Oriented Embryology with Islamic Additions, Abul Qasim Publishing House (Saudi Arabia) ISBN: 0721664925
- ↑ Josh Devon - Yemeni Sheikh of Hate - National Review, January 7, 2003
- ↑ 6.0 6.1 United States Designates bin Laden Loyalist, United States Department of the Treasury, JS-1190, February 24, 2004
- ↑ Keith L. Moore (Author), T. V. N. Persaud (Author), The Developing Human: Clinically Oriented Embryology, 7th edition, ISBN: 0721694128. Page 9
- ↑ A Scientist's Interpretation of References to Embryology in the Qur'an. Journal of the Islamic Medical Association, 1986: vol.18, Page 15-16 .
- ↑ Keith L. Moore, T.V.N. Persaud, Chapter 1 - HISTORICAL GLEANINGS - The Developing Human: Clinically Oriented Embryology, 8th edition, 2007, ISBN: 978-1416037064
- ↑ J. Needham, Cambridge, 2nd edition 1959, A History of Embryology, page 77.
- ↑ Daniel Golden - Western Scholars Play Key Role In Touting 'Science' of the Quran - Wall Street Journal, January 23, 2002
Tarjimalar