Jak Kusto - Islomni qabul qilishi: Difference between revisions
[checked revision] | [checked revision] |
(Orfografik va punktuatsion tuzatishlar kiritildi.) |
(Orfografik va punktuatsion tuzatishlar kiritildi. (Spelling and punctuation errors have been modified)) |
||
Line 1: | Line 1: | ||
[[File:Cousteau.jpg|right|thumb|<center>Jacques-Yves Cousteau</center>]] | [[File:Cousteau.jpg|right|thumb|<center>Jacques-Yves Cousteau</center>]] | ||
'''Jacques-Yves Cousteau''' ( | '''Jacques-Yves Cousteau''' (talaffuz: '''Jak-Iv Kusto'''; 11-iyun, 1910 – 25-iyun, 1997), fransuz harbiy dengiz zobiti, ekspeditsiyachi, ekolog, rejissor, ixtirochi, olim, fotograf, muallif va tadqiqotchi. Asosan dengiz va boshqa barcha suv havzalarini o'rganishga umrining ko'p yillarini bag'ishlagan. U, suv ostida harakatlanish imkonini beruvchi avtonom skafandr yaratuvchilaridan biridir.<ref>{{cite web|url= http://en.wikipedia.org/wiki/Scuba_set|title= Scuba set|publisher= Wikipedia|author= |date= accessed October 8, 2013|archiveurl= http://www.webcitation.org/query?url=http%3A%2F%2Fen.wikipedia.org%2Fwiki%2FScuba_set&date=2013-10-09|deadurl=no}}</ref> Bundan tashqari u, Fransiya Fanlar Akademiyasining a'zosi bo'lgan. Uning eng ommabop ismi Qo'mondon yoki kapitan Kusto edi <ref>[http://en.wikipedia.org/wiki/Jacques_Cousteau Jacques Cousteau] - Wikipedia, lu le 8 mai 2012</ref>. | ||
== Musulmonlarning ta'kidi == | == Musulmonlarning ta'kidi == |
Revision as of 22:36, 2 June 2015
Jacques-Yves Cousteau (talaffuz: Jak-Iv Kusto; 11-iyun, 1910 – 25-iyun, 1997), fransuz harbiy dengiz zobiti, ekspeditsiyachi, ekolog, rejissor, ixtirochi, olim, fotograf, muallif va tadqiqotchi. Asosan dengiz va boshqa barcha suv havzalarini o'rganishga umrining ko'p yillarini bag'ishlagan. U, suv ostida harakatlanish imkonini beruvchi avtonom skafandr yaratuvchilaridan biridir.[1] Bundan tashqari u, Fransiya Fanlar Akademiyasining a'zosi bo'lgan. Uning eng ommabop ismi Qo'mondon yoki kapitan Kusto edi [2].
Musulmonlarning ta'kidi
Ko'pchilik musulmonlarning aytishicha u Qur'onda keltirilgan «islomiy mo'jiza» guvohi bo'lgandan so'ng o'zini musulmon deb e'lon qilgan. Unga ko'ra "har xil tuzlanish darajasiga ega bo'lgan suvlar o'rtasidagi ko'rinmas chegara tufayli bir biri bilan aralashib ketmaydilar". Mana, bu haqda qanday hikoya qilinadi:
Musulmonlarning fikriga ko'ra, Kusto Qur'onning 25-surasi Al-Furqonning 53-oyatida keltirilgan «U ikki dengizni bir-birlari bilan uchrashadigan qilib (yonma-yon) oqizib qo'ydi. (Ammo) u ikkisining o'rtasida bir to'siq bo'lib, ular (o'sha to'siqdan) oshib o'tmaslar» jumlasiga tan berib Qur'onni ilohiy kitob deb tan olib, o'zini Islomni qabul qilganini e'lon qilgan.[4]
Tahlil
Kusto Jamiyati
Kusto Jamiyatiga (asl nomlanishi "Kusto Fondi" 1992-yilgacha) Jak Iv Kustoning o'zi tomonidan asos solingan bo'lib, u hozirda Kustoning ikkinchi rafiqasi Fransin Kusto tomonidan boshqarilib kelinmoqda.[5]
Ushbu xatda (1991-yil) o'sha davrda Kusto Jamiyatida Missiya boshlig'i lavozimida ishlayotgan Didye Serso, sovuqlik bilan Kustoni Islomni qabul qilmaganligi haqida xabar beradi. Eslatib o'tamiz, ushbu xat "Kusto Fondi"ning rasmiy bayonnomasi bo'lib, unga qarama-qarshi rasmiy hujjatlar elon qilinmagan.
Janob Sharl TUKER
11A Pennashi yo'li
69230 ST GENIS LAVAL
FC/DC
Parij, 2 noyabr 1991
Janob,
Biz sizning xatingizni oldik va bizning faoliyatimizga bo'lgan qiziqishingiz uchun sizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Sizga shuni aniqlashtirib o'tamizki, Qo'mondon Kusto musulmonchilikni qabul qilmagan va bu mish-mishlar esa hech qanday asossiz ravishda tarqatilgan.
Chin yurakdan,
Didye Serso
Missiya boshlig'iKustoning oilasi
Forbes jurnali 18-may, 2004-yilda xabar berishicha, musulmon dunyosida tarqatilayotgan mish-mishlar Kustoning oilasi tomonidan rasmiy ravishda rad etilgan.
Kustoning so'zlaridan
Quyidagi yozuvlar Internetda keng tarqalgan bo'lib, unga ko'ra, Kusto har xil okeanlar suvini aralashmasligi hodisasini o'rgangandan so'ng bu haqda Qur'onda "nimadir" deyilganini hisobga olib Islomni qabul qilgan.
Bu jumlalar turklar tomonidan nashr etilgan "Mana nima uchun ular musulmon bo'ldilar" (The Reasons Why They Become Muslims) degan kitoblar ruknidan olingan bo'lib, bu kitoblar Islomiy tahririyat bo'lmish Waqf Ikhlas Publications tomonidan nashr qilingan va hech qanday ishonchli manbalarga ega emas.
Kustoning dafn marosimi
Jak Iv Kusto 25-iyun 1997-yilda yurak xuruji oqibatida Parijda 87 yoshida vafot etdi. Uning dafn marosimi Islomiy tarzda o'tkazilmagan, aksincha u nasroniylikning Katolik-Roman urf-odatlari asosida dafn qilinadi. Kusto o'z oilasinig odatiy qabristoni bo'lmish Fransiyadagi Sen Andre de Kubzakka dafn qilingan.[7][8]
Sen Andre de Kubzak shahri Kusto uchun motam marosimi uyushtirib, uning nomiga «Qo'mondon Kusto» ko'chasini tashkil qilishadi. Mazkur ko'cha Kustoning tug'ilib o'sgan uyiga olib boruvchi ko'cha bo'lib, uning bolalik yillari o'tgan uyi oldiga maxsus yodgorlik o'rnatiladi.
Xulosa
Kustoning Islomni qabul qilganligi haqidagi axborotlar faqatgina Islomning targ'ibot va tashviqoti bilan shug'ullanuvchi tahririyatlar tomonidan keltirilgan bo'lib, u hech qanday xolis va betaraf manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.
Kustoning o'zi tomonidan tashkil qilingan «Kusto Jamiyati» bu mish-mishlarda hech qanday asos yo'qligini shaxsan tasdiqlab bergan. Eslatib o'tamiz, mavjud tasdiq «Kusto Jamiyati» tomonidan rasmiy ochiq xat tarzida e'lon qilingan va bu e'lon qilinish paytida Jak Kusto nafaqat tirik bölgan, balkim o'sha jamiyatning boshqaruvchisi ham bo'lgan. Shunday ekan, bu rasmiy xat shaxsan Kusto tomonidan e'lon qilinmagan bo'lsada, xat elon qilinmasidan oldin Kustoning e'tiboriga havola etilgan. Xat e'lon qilingandan so'ng ham Kusto bunga hech qanday raddiya bildirmagan.
Kustoning oilasi hurmat bilan bu ig'volarni bir necha bor rad qilgan; bundan tashqari u Xristian cherkoviga tegishli bo'lgan qabristonga Katolik-Roman urf-odatlari bilan dafn etilgan. O'limidan oldin Kusto o'zini Islomga kirganligi haqida hech qanday bayonot yoki axborotlarni taqdim etmagan, bunga ishora qiluvchi hech qanday hatti-harakatlarni ham amalga oshirmagan.
Qarang
Ingliz tilida
- Converts to Islam
- Notable Former Muslims
- Lying - A hub page that leads to other articles related to lying
- Fake Conversions - A hub page that leads to other articles related to Fake Conversions
Tarjimalar
- Bu sahifa shuningdek bu tillarda ham mavjud: inglizcha, fransuzcha. Boshqa tillar uchun chapdagi panelga qarang.
Manbalar
- ↑ "Scuba set", Wikipedia, accessed October 8, 2013 (archived), http://en.wikipedia.org/wiki/Scuba_set.
- ↑ Jacques Cousteau - Wikipedia, lu le 8 mai 2012
- ↑ Mashhurlar hayoti, "Dunyoni qaytadan kashf etgan olim", Orif Tolib, April 20, 2013 (archived), http://oriftolib.uz/uzb/jurnalistika-2/maqolalar/mashhurlar-hayoti/376-dunyoni-qaytadan-kashf-etgan-olim.html.
- ↑ Waleed el-Shobaki - Qur’an’s confirmation of an amazing undersea discovery - TruthPrevailed.wordpress.com, January 7, 2012
- ↑ Équipe Cousteau - Wikipedia (Français), lu le 17 juillet 2012
- ↑ Melik Kaylan - Cousteau Comeback - Forbes, May 18, 2004
- ↑ Jacques-Yves Cousteau - FindAGrave.com, Memorial No. 9889, 7 juin 2000
- ↑ Philippe Landru, "SAINT-ANDRÉ-DE-CUBZAC (33) : cimetière", Cimetières de France et d'ailleurs, 6 février 2008 (archived), http://www.landrucimetieres.fr/spip/spip.php?article188.