Olamning Qurondagi manzarasi: Difference between revisions
[checked revision] | [checked revision] |
Line 80: | Line 80: | ||
Har bir osmon haqidagi malumotlarni Muhammadning "tungi sayohati" haqidagi [http://www.usc.edu/org/cmje/religious-texts/hadith/bukhari/054-sbt.php hadislardan] {{ingl}} topish mumkin. Bu hadislardan qisqacha quyidagilarni keltirish mumkin: | Har bir osmon haqidagi malumotlarni Muhammadning "tungi sayohati" haqidagi [http://www.usc.edu/org/cmje/religious-texts/hadith/bukhari/054-sbt.php hadislardan] {{ingl}} topish mumkin. Bu hadislardan qisqacha quyidagilarni keltirish mumkin: | ||
Yetti osmondan har birida köp farishtalar va bir necha boshqa jonzotlar yashaydi. Bu osmonlarga qattiq gumbazlarga örnatilgan eshiklardan kiriladi, har eshik oldida farishta soqchi turadi, har gumbaz-osmonda payğambarlardan biri yashaydi. Masalan, birinchi osmon-gumbazda Muhammad Odam Atoni uchratadi, va (geografiyadan xabari bölmagani uchun) Tigris va Yevfrat daryolari manbalarini topadi. Ikkinchi | Yetti osmondan har birida köp farishtalar va bir necha boshqa jonzotlar yashaydi. Bu osmonlarga qattiq gumbazlarga örnatilgan eshiklardan kiriladi, har eshik oldida farishta soqchi turadi, har gumbaz-osmonda payğambarlardan biri yashaydi. Masalan, birinchi osmon-gumbazda Muhammad Odam Atoni uchratadi, va (geografiyadan xabari bölmagani uchun) Tigris va Yevfrat daryolari manbalarini topadi. Ikkinchi osmon-gumbazda esa Idrisni uchratadi. Xorun törtinchi, Ibrohim oltinchi, Muso esa yettinchi osmon-gumbazda topiladi. | ||
==Qarang== | ==Qarang== |
Revision as of 07:29, 9 October 2013
|
Ushbu maqolada Quronda olam qanday tushuntirilgani yoritiladi.
Kirish
Fizik olamning Qurondagi manzarasi qadimgi Yaqin Sharq va unga qöshni mintaqalar - yunon va rumliklarning borliq haqidagi bilim va tushunchalaridan kam bölsa kam-ki, ortiq emas. U paytga kelib ayrim madaniyatlar Yer sayyorasi sharsimon ekanligini tushunib yetgan bölsa, Quronda Yer tekis deyiladi.
Bazi fikrlarga binoan qadimgi diniy manbalarni sözma-söz qabul qilish shart emas, ayrim qismlarini köchma manoda tushunish mumkin. Biroq musulmonlarning aksariyati bunday fikrlamay, Quronni xudoning aynan sözi, deb ishonishadi. Bu maqolada esa Quronni xudodan kelgan, deb emas, balki Muhammadning sözlari, deb qabul qilinadi va Muhammadning olam haqidagi tushunchasi körsatiladi.
Quron kosmologiyasi
Osmonlar va Yer
Quron kosmologiyasi haqida yozishni islomiy olamning nihoyatda kichkina va sodda ekanligini eslatishdan boshlash lozim. Quronga binoan olam atigi ikkita qismdan: osmonlar va yerdan iborat.
Islomda zamonaviy odamlar biladigan boshqa astronomik qamrovlar yöq. Quronda yulduz tizimlari, galaktikalari, vakuum degan narsalar haqida yozilmagan. Yer koinotdagi bazi boshqa jismlar kabi sayyora, Quyoshning esa bir yulduz ekani haqida hech nima deyilmaydi. Quron kosmologiyasi asosan qurollanmagan köz bilan körinadigan osmon jismlari bilan chegaralangan; qadimgilar köra olmagan jismlarni tasvirlashda esa qattiq yanglishadi.
Yaratilish zamirida "osmonlar va yer" yotishi Quronda takror va takror eslatiladi, bu ikki narsaning "ajratilishi" esa Allohning butun olamni qanday yaratganini körsatish uchun ishlatiladi.
Bu ikki joyning favquloddaligiga takroran urğu beriladi. Bu ikki joydan boshqa joy eslatilmaydi. Quron mualliflari Allohning hamma narsadan boxabarligini bildirish uchun "yeru osmon" iborasini ishlatib, göyoki butun olam shulardangina iborat ekaniga ishora qilishadi.
"Osmonlar va yer" shuningdek ichida butun olamni saqlaydigan "idish" kabi tasvirlanadi. Hamma narsa osmon va yer orasida joylashgan.
Ajablanarli emas-ki, ushbu "osmon va yer orasidagi" fazo yerda turgan odamning (har doim ham töğri emas) nuqtai nazaridan tushuntirilgan. Atrofga qaraganda, Yer tekis körinadi, ufq esa kuzatuvchi tekis disk markazida turganidek taassurot qoldiradi. Tepaga qaralsa, osmon gardishi ufqqa örnatilgan qattiq kök gumbazdek tuyuladi. Quronda ham aynan shu taassurot tasvirlangan.
Quronda Alloh osmonu yerni yaratayotganida, avval yerdan boshlagani ochiq aytiladi.
Va
Shunday qilib islomiy olamning asosini kördik. Yer - tekis disk, osmon esa - ustma-ust yetti qattiq gumbaz. Quyida bularni batafsil körib chiqamiz.
Osmonlar va u yerda yashovchilar
Yerdan qaralganda, eng ichki osmon gumbazi tepaga örlaydi, Quronda bu osmon aslida asosi yer diski bölgan yettita konsentrik gumbazdan iboratligi aytiladi.
Bu yetti osmon qattiq jismlardir; buni bir necha yöl bilan körsatish mumkin. Boshlanishiga shuni aytish mumkin: osmonlar himoyalash (tom kabi) va saqlash uchun tösiq sifatida xizmat qiladi.
Bu tomning himoyalovchi ekani bunga öxshash oyatlarda eslatiladi:
Ularning qattiq ekanligi esa osmonlarning qulashi va yerda yashovchilarni jarohatlashi mumkinligi bilan tushuntiriladi.
Hatto osmonlarga narvon qöyib chiqish mumkin.
Va nihoyat, osmonlar oğir bölib, jismoniy tayanchga ehtiyoj sezadi. Ayrim musulmonlarning iddaolariga qarshi ölaroq, Quron shunday tayanchlar kerakligini tan oladi, biroq ular közga körinmas, deydi.
Mualliflar bu yerda osmonlar qandaydir tayanchga muhtojligi shundoq ham ayon ekanligini qabul qilishmoqda. Lekin ular bu tayanchlarning körinmas ekanligiga urğu berishyapti, ularning yöqligiga emas.
Quronda shuningdek eng tashqi osmon chuqurligi bir-biriga qöshni osmonlar orasidagi masofaga teng dengiz ostida yotishi yoziladi. Allohning "taxti" (arshi) bu suv ustida bölgan.
Lekin Quronda galaktika, kvazar, klaster yoki vakuum haqida biror gap yöq. Shunchaki suv, taxt va Allohning özi.
Har bir osmon haqidagi malumotlarni Muhammadning "tungi sayohati" haqidagi hadislardan (ingl.) topish mumkin. Bu hadislardan qisqacha quyidagilarni keltirish mumkin:
Yetti osmondan har birida köp farishtalar va bir necha boshqa jonzotlar yashaydi. Bu osmonlarga qattiq gumbazlarga örnatilgan eshiklardan kiriladi, har eshik oldida farishta soqchi turadi, har gumbaz-osmonda payğambarlardan biri yashaydi. Masalan, birinchi osmon-gumbazda Muhammad Odam Atoni uchratadi, va (geografiyadan xabari bölmagani uchun) Tigris va Yevfrat daryolari manbalarini topadi. Ikkinchi osmon-gumbazda esa Idrisni uchratadi. Xorun törtinchi, Ibrohim oltinchi, Muso esa yettinchi osmon-gumbazda topiladi.