Jak Kusto - Islomni qabul qilishi: Difference between revisions
[checked revision] | [checked revision] |
m (→Qarang) |
m (→Qarang) |
||
Line 68: | Line 68: | ||
==Qarang== | ==Qarang== | ||
'''Ingliz tilida ''' | *[[Ozbekcha maqolalar - Articles in Uzbek|Özbekcha maqolalar (Articles in Uzbek)]] | ||
'''Ingliz tilida''' | |||
* [[Converts to Islam]] | * [[Converts to Islam]] |
Revision as of 11:50, 13 October 2013
Jacques-Yves Cousteau (talaffuzi: Jak-Iv Kusto; 11-iyun 1910 – 25-iyun 1997), fransuz harbiy dengiz zobiti, ekspeditsiyachi, ekolog, rejissor, ixtirochi, ilmiy olim, fotograf, avtor va izlanuvchi, asosan dengiz va boshqa barcha suv havzalarini örganishga köp yillar bağishlagan. U suv ostida harakatlanish imkonini beruvchi avtonom skafandrni yaratuvchilaridan biridir,[1] bundan tashqari u Fransiya Fanlar Akademiyasining azosi bölgan, uning eng ommabop ismi Qömondon yoki kapitan Kusto edi [2].
Musulmonlarning takidi
Köpchilik musulmonlarning aytishicha u Qur'onda keltirilgan Islomiy möjiza guvohi bölgandan söng özini musulmon deb elon qilgan. Unga köra "har xil tuzlanish darajasiga ega bölgan suvlar örtasidagi körinmas chegara tufayli bir biri bilan aralashib ketmaydilar". Mana bu haqda qanday hikoya qilinadi:
Musulmonlarning fikriga köra Kusto Qur'onning 25-surasi Al-Furqonning 53-oyatida keltirilgan «U ikki dengizni bir-birlari bilan uchrashadigan qilib (yonma-yon) oqizib qöydi. (Ammo) u ikkisining örtasida bir tösiq bölib, ular (ösha tösiqdan) oshib ötmaslar» jumlaga tan berib Qur'onni ilohiy kitob deb tan olib, özini Islomni qabul qilganini elon qilgan.[4]
Tahlil
Kusto Jamiyati
Kusto Jamiyatiga (asl nomlanishi "Kusto Fondi" 1992-yilgacha) Jak Iv Kustoning özi tomonidan asos solingan bölib, u hozirda Kustoning ikkinchi rafiqasi Fransin Kusto tomonidan boshqarilib kelinmoqda.[5]
Ushbu xatda (1991-yil) ösha davrda Kusto Jamiyatida Missiya boshliği lavozimida ishlayotgan Didie Serso, sovuqlik bilan Kustoni Islomni qabul qilmaganligi haqida xabar beradi. Eslatib ötamiz ushbu xat Kusto Fondining rasmiy deklaratsiyasi bölib, unga qarama-qarshi rasmiy hujjatlar elon qilinmagan.
Janob Sharl TUKER
11A Pennashi yöli
69230 ST GENIS LAVAL
FC/DC
Parij, 2 noyabr 1991
Janob,
Biz sizni xatingizni oldik va sizga bizning faoliyatimizga bölgan qiziqishingiz uchun öz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Sizga shuni aniqlashtirib ötamizki Qömondon Kusto Musulmonchilikni qabul qilmadilar va bu mish-mishlar esa hech qanday asossiz tarqatilgan.
Chin Yurakdan,
Didie Serso
Missiya boshliğiKusto oilasi
Forbes magazini 18-may 2004-yilda xabar berishicha musulmon dunyosida tarqatilayotgan mish-mishlar Kusto oilasi tomonidan rasmiy ravishda rad etilgan.
Kustoning sözlaridan
Quyidagi yozuvlar Internetda keng tarqalgan bölib, unga köra Kusto har xil okeanlar suvini aralashmasligi hodisasini örgangandan söng, bu haqda Qur'onda "nimadir" deyilganini hisobga olib Islomni qabul qilgan.
Bu jumlalar turk kitoblari bölmish "Mana nima uchun ular musulmon böldilar" (The Reasons Why They Become Muslims) degan kitoblar seriyasidan olingan bölib, bu kitoblar Islomiy tahririyat bölmish Waqf Ikhlas Publications tomonidan nashr qilingandir va hech qanday ishonchli manbalarga ega emas.
Kustoning dafn marosimi
Jak Iv Kusto 25-iyun 1997-yilda yurak xuruji oqibatida Parijda 87 yoshida vafot etdi. Uning dafn marosimi Islomiy bölmadi, aksincha u Nasroniylikning Katolik-Roman urf-odatlariga köra dafn qilinadi. Kusto özining oilasinig odatiy qabristoni bölmish Fransiyadagi Sen Andre de Kubzakka dafn qilinadi.[7][8]
Sen Andre de Kubzak shahri Kusto uchun motam marosimi uyushtirib, uning nomiga Qömondon Kusto köchasi tashkil qilinadi, ushbu köcha Kustoning tuğilib ösgan uyiga olib boruvchi bölib, uning bolalik yillari ötgan uyi oldiga maxsus yodgorlik örnatiladi.
Xulosa
Kustoning Islomni qabul qilganligi haqidagi yagona axborot Islom tarğibot va tashviqoti bilan shuğullanuvchi tahririyat tomonidan keltirilgan bölib, u hech qanday xolis va betaraf manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.
Kustoning özi tomonidan tashkil qilingan Kusto Jamiyati bu mish-mishlarning hech qanday asos yöqligini shaxsan tasdiqlab bergan, eslatib ötamiz bu tasdiq jamiyat tomonidan rasmiy ochiq xat tarzida elon qilingan va bu elon qilinish paytida Jak Kusto nafaqat tirik bölgan, balki ösha jamiyatning boshqaruvchisi bölgan. Shunday ekan bu rasmiy xat Kusto tomonidan elon qilinmagan bölsada, xat elon qilinmasidan oldin Kustoning etiboriga havola etilgan. Xat elon qilingandan söng ham Kusto bunga hech qanday raddiya bermagan.
Kustoning oilasi hurmat bilan bu iğvolarni bir necha bor rad qildi; bundan tashqari u Xristian cherkoviga tegishli bölgan qabristonga Katolik-Roman urf-odatlari bilan dafn etilgan. Ölimidan oldin Kusto özini Islomga kirganligi haqida hech qanday deklaratsiya yoki axborotlarni bildirmagan, bunga ishora qiluvchi hech qanday hatti-harakatlarni ham qilmagan.
Qarang
Ingliz tilida
- Converts to Islam
- Notable Former Muslims
- Lying - A hub page that leads to other articles related to lying
- Fake Conversions - A hub page that leads to other articles related to Fake Conversions
Tarjimalar
- Bu sahifa shuningdek bu tillarda ham mavjud: inglizcha, fransuzcha. Boshqa tillar uchun chapdagi panelga qarang.
Manbalar
- ↑ "Scuba set", Wikipedia, accessed October 8, 2013 (archived), http://en.wikipedia.org/wiki/Scuba_set.
- ↑ Jacques Cousteau - Wikipedia, lu le 8 mai 2012
- ↑ Mashhurlar hayoti, "Dunyoni qaytadan kashf etgan olim", Orif Tolib, April 20, 2013 (archived), http://oriftolib.uz/uzb/jurnalistika-2/maqolalar/mashhurlar-hayoti/376-dunyoni-qaytadan-kashf-etgan-olim.html.
- ↑ Waleed el-Shobaki - Qur’an’s confirmation of an amazing undersea discovery - TruthPrevailed.wordpress.com, January 7, 2012
- ↑ Équipe Cousteau - Wikipedia (Français), lu le 17 juillet 2012
- ↑ Melik Kaylan - Cousteau Comeback - Forbes, May 18, 2004
- ↑ Jacques-Yves Cousteau - FindAGrave.com, Memorial No. 9889, 7 juin 2000
- ↑ Philippe Landru, "SAINT-ANDRÉ-DE-CUBZAC (33) : cimetière", Cimetières de France et d'ailleurs, 6 février 2008 (archived), http://www.landrucimetieres.fr/spip/spip.php?article188.