Eng janjalli 10 oyat: Difference between revisions

From WikiIslam, the online resource on Islam
Jump to navigation Jump to search
[checked revision][checked revision]
Line 57: Line 57:
Shuningdek "Qilich oyati" ham bor:
Shuningdek "Qilich oyati" ham bor:
{{Quote|{{Quron|9|5}}|Bas, qachon urush harom qilingan oylar chiqsa, mushriklarni topgan joyingizda öldiringiz, olingiz, qamal qilingiz va barcha yöllarda ularni kuzatib turingiz! Endi agar tavba qilsalar va namozni tökis ado qilishib, zakotni bersalar, ularning yöllarini tösmangiz! Albatta, Alloh mağfiratli, mehribondir.}}
{{Quote|{{Quron|9|5}}|Bas, qachon urush harom qilingan oylar chiqsa, mushriklarni topgan joyingizda öldiringiz, olingiz, qamal qilingiz va barcha yöllarda ularni kuzatib turingiz! Endi agar tavba qilsalar va namozni tökis ado qilishib, zakotni bersalar, ularning yöllarini tösmangiz! Albatta, Alloh mağfiratli, mehribondir.}}
Bu ikki oyat boshqa, tinchlikparvar 122 oyatni [[Bekor qilingan oyatlar|bekor qilgan]].<ref>Ibn Xuzaymaning ''An-Nasih val-Mansuh'' kitobida yozilishicha, Qilich oyati (9:5) 113 oyatni, Jang oyati (9:29) esa 9 oyatni bekor qilgan.</ref>
Bu ikki oyat boshqa, tinchlikparvar 122 oyatni bekor qilgan.<ref>Ibn Xuzaymaning ''An-Nasih val-Mansuh'' kitobida yozilishicha, Qilich oyati (9:5) 113 oyatni, Jang oyati (9:29) esa 9 oyatni bekor qilgan.</ref>


Qarang: [[Terrorism|Terrorizm]] {{ingl}}
Qarang: [[Terrorism|Terrorizm]] {{ingl}}

Revision as of 10:06, 4 November 2013

Ushbu maqolada Qurondagi eng janjalli, bahsli 10 oyat keltirilgan. Bu sahifa faqat qisqa malumot berib, na Islom apologetlari, na tanqidchilari fikrlarini öz ichiga olgan. Har oyat ostida mavzuni batafsil yorituvchi maqolalarga ishoratlar berilgan.

10. "Uringlar"

Bu oyat itoat etmagan xotinlarni urishni buyuradi:

Erkaklar xotinlari ustida rahbardurlar. Bunga sabab Alloh ularning birovlarini birovlaridan ortiq qilgani va erkaklar öz mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir. Bas, ibodat-itoatli va erlari yöqligida Allohning hifzu himoyati bilan saqlovchi xotinlar - yaxshi xotinlardir. Xotinlaringizning itoatsizligidan qörqsangiz, avvalo ularga pand-nasihat qilinglar, söng ularni yotoqlarda tark qilingiz, söngra uringlar. Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yöl axtarmanglar. Albatta, Alloh eng yuksak va buyuk bölgan zotdir.
Error creating thumbnail: Unable to save thumbnail to destination
Quron 5:38 öğri qölini kesishni buyuradi.

Qarang: Islomda xotin urish (ingl.)

9. "Qöllarini kesinglar"

Bu oyat öğrilarga vahshiy va tuzatib bölmas jazo berishni buyurib, ularni xulqi tuzalishi va jamiyatning foydali azosi bölish imkonidan mahrum etadi. Masalan, Terrence Barkley 16 yoshiga kirgan kuni avtomobil öğrilagani uchun hibsga olindi, biroq u keyinchalik jinoiy tödadan uzoqlashib, Markaziy Missouri Universitetiga jinoiy huquqni örganish uchun kirdi.[1] Agar shariatga böysunib, Terrence'ning qöllarini kesishganida edi, bunday bölmas edi.

Öğri erkakni ham, öğri ayolni ham qilmishlariga jazo bölsin uchun, Alloh tomonidan azob bölsin uchun qöllarini kesinglar! Alloh qudrat va hikmat egasidir.
Albatta, Alloh va payğambariga qarshi urushadigan va yerda buzğunchlik qilish harakatida yuradigan kimsalarning jazosi - öldirilish yo dorga osilish, yoki oyoq-qöllari teskarisiga kesilishi, yoxud öz yerlaridan surgun qilinishlaridir. Bu jazo ular uchun bu dunyoda rasvolik - sharmandalik bölur. Oxiratda esa ular uchun uluğ azob bordir.

Qarang: Amputatsiya (ingl.). Boshqa islomiy jazolar: Jazolar (ingl.)

8. Tört xotin olish mumkin

Bu oyat erkakka törttagacha xotin olishga ruxsat beradi:

Agar yetim qizlarga adolat qila olmaslikdan qörqsangiz, sizlar uchun nikohi halol bölgan ayollarga ikkita, uchta, törttadan uylanaveringlar. Endi agar adolat qila olmaslikdan qörqsangiz, bir ayolga yoki qöl ostingizdagi chöri bilan. Mana shu jabru zulmga ötib ketmasligingizga yaqinroq ishdir.

Köpxotinlik zamonaviy dunyoning köp joylarida qabul qilinmaydi. Qarang: Köpxotinlik (ingl.)

7. Voyaga yetmagan qizga uylanish mumkin

Nihoyatda janjalli bu oyatda voyaga yetmagan qizlar bilan yotishdan avval uch oy kutish kerakligi buyuriladi:

Ayollaringiz orasidagi hayz körishdan umid uzganlari, agar sizlar shubhalansangizlar, bas, ularning iddalari uch oydir, yana hayz körmaganning ham uch oydir. Homiladorlarning muddatlari homilalarini qöyishlari. Kim Allohdan qörqsa uning ishini oson qilir.

Qarang: Quronda pedofiliya (ingl.)

6. Asirlar bilan jinsiy aloqa qilish mumkin

Bu oyat erkaklarga asir ayollar bilan jinsiy aloqa qilish mumkinligini aytadi:

Ey payğambar, albatta Biz siz uchun haqqi-mahrlarini bergan juftlaringizni, Alloh sizga ölja qilib bergan qöl ostingizdagi chörilaringiz, siz bilan birga hijrat qilgan amakingizning qizlarini va ammalaringizning qizlarini, toğangizning qizlarini va xolalaringizning qizlarini yana mömina ayolni - agar u özini payğambarga hadya etsayu, payğambar uni öz nikohiga olishni istasa halol qildik. Möminlar uchun emas, xolis siz uchundir. Biz juftlari va qöl ostilaridagi chörilari haqida farz qilgan hukmlarimiz esa aniq malumdir. Toki sizga tanglik bölmasligi uchun. Alloh mağfiratli va mehribon bölgan zotdir.

Qarang: Islomda nomusga tegish (ingl.)

Error creating thumbnail: Unable to save thumbnail to destination
Quron 2:65 shabbatni buzgan yahudiylar maymunlarga aylantirilgani haqida aytadi.

5. "Maymunlarga aylaningiz"

Shabbatni buzganlar maymunlarga aylantirilgan:

Orangizdan shanba kunida haddan oshgan kimsalarni bildingiz. Bas, Biz ularga: "Badbaxt maymunlarga aylaningiz," dedik.

Qarang: Islomiy antisemitizm (ingl.)

4. Asrandi bolaning xotiniga uylanish mumkin

Muhammad asrandi öğlining xotini Zaynabga uylangan. Bu oyat bunga ruxsat beradi:

Alloh biron kishining ichida ikki yurak qilgan emasdir, sizlar zihor qiladigan xotinlaringizni ham sizlarga ona qilgan emas va asrandi bolalaringizni öz bolalaringiz qilgan emasdir. Bu sizlarning oğizlaringizdagi sözingizdir. Yolğiz Alloh haqiqatni aytur va Uning Özi hidoyat qilur.

Qarang: Islomiy xavotir: Bola asrab olish (ingl.)

Error creating thumbnail: Unable to save thumbnail to destination
Quron 2:282 va 4:11 guvohlik va meros masalalarida ayolning qiymati erkak qiymatining atigi yarmiga teng deydi.

3. Ayol guvohligi erkak guvohligi yarmiga teng

Bu oyat bir erkak guvohligi ikki ayol guvohligiga teng deydi:

Ey möminlar, bir-birlaringiz bilan qarz muomalasini qilsangiz, yozib qöyinglar! Oralaringizda bir kotib adolat bilan yozsin! Hech bir kotib Alloh bildirgan yozishdan bosh tortmasin, albatta yozsin! Zimmasida qarzi bölgan kishi yozdirsin - Parvardigori bölmish Allohdan qörqsin va u qarzdan biron narsa kamaytirib yozmasin! Agar zimmasida qarzi bölgan kishi aqlsiz yo ojiz bölsa, yoki yozdirishga qodir bölmasa, uning homiy vakili adolat bilan yozdirsin! Va sizlar rozi böladigan guvohlardan ikki erkak kishini, agar ikki erkak topilmasa, bir erkak va ikki ayolni - biri unutib adashsa, yana biri unga eslatadi - guvoh qilinglar! Guvohlar chaqirilganda bosh tortmasinlar! Xoh katta, xoh kichik qarz bölsin, muddati kelgunicha yozib qöyishdan erinmanglar. Mana shu Alloh nazdida adolatliroq, guvohlik uchun töğriroq va shak-shubha qilmaslikka yaqinroq bölgan. Lekin agar oralaringizda yurgizib turgan naqd savdo bölsa, uni yozmasangiz-da, sizlar uchun gunoh yöqdir. Va bir-biringiz bilan savdo qilganda guvoh keltiring! Va na kotib, na guvohga zarar yetmasin. Agar shunday qilsangiz, bu Allohga itoatsizligingizdir. Allohdan qörqingiz! Alloh sizlarga bildiradi. Alloh hamma narsani bilguvchidir.

Qarang: Ayollar aqli (ingl.)

2. Ayolga erkak oladigan merosning yarmiga teng ulush tegadi

Bu oyat ayolga tegadigan meros erkak oladigan meros ulushidan ikka marta kam bölishi kerakligini aytadi:

Alloh farzandlaringizga haqida bir öğil uchun ikki qiz ulushi barobarida meros berishni amr qilur. Agar merosxörlar ikkidan ortiq ayol bölsa, ularga er qoldirgan narsaning uchdan ikkisi, agar yakka qiz bölsa, unga yarmi tegur. Agar marhumning farzandi bölsa, ota-onasining har biriga qoldirgan merosidan oltidan biri tegur. Endi agar farzand bölmay, faqat ota-onasi bölsa, u holda onasiga uchdan bir tegur. Agar uning aka-ukalari bölsa, onasiga oltidan bir tegur, marhum qilgan vasiyat va uning qarzlari ado etilganidan keyin bölur. Ota-onalaringiz va farzandlaringizning qaysi birlari siz uchun foydasi teguvchiroq ekanini bilmaysizlar. Alloh tomonidan qatiy farz qilib qöyildi. Albatta Alloh bilim va hikmat egasi bölgan zotdir.
Error creating thumbnail: Unable to save thumbnail to destination
Quron 9:29 kabi oyatlar islomiy qöporuvchilikni dastaklaydi.

1. "Jang qilingiz!"

Bu oyat musulmonlarga islomga etiqod qilmaydiganlar bilan jang qilishni buyuradi:

Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan, Alloh va Uning payğambari harom degan narsani harom deb bilmaydigan, Haq diniga etiqod qilmaydigan axli kitoblardan iborat bölgan kimsalarga qarshi to ular xorlangan hollarida öz qöllari bilan soliqni tölamagunlaricha, jang qilingiz!

Shuningdek "Qilich oyati" ham bor:

Bas, qachon urush harom qilingan oylar chiqsa, mushriklarni topgan joyingizda öldiringiz, olingiz, qamal qilingiz va barcha yöllarda ularni kuzatib turingiz! Endi agar tavba qilsalar va namozni tökis ado qilishib, zakotni bersalar, ularning yöllarini tösmangiz! Albatta, Alloh mağfiratli, mehribondir.

Bu ikki oyat boshqa, tinchlikparvar 122 oyatni bekor qilgan.[2]

Qarang: Terrorizm (ingl.)

Qarang

Ingliz tilida

Tarjimalar

  • Bu sahifa shuningdek bu tillarda ham mavjud: inglizcha, fransuzcha. Boshqa tillar uchun chapdagi panelga qarang.

Manbalar

  1. Teen Offenders Find A Future In Missouri - CNN, August 26, 2009
  2. Ibn Xuzaymaning An-Nasih val-Mansuh kitobida yozilishicha, Qilich oyati (9:5) 113 oyatni, Jang oyati (9:29) esa 9 oyatni bekor qilgan.