Olamning Qurondagi manzarasi

From WikiIslam, the online resource on Islam
Jump to navigation Jump to search
Error creating thumbnail: Unable to save thumbnail to destination
This page is under construction, in the middle of an expansion or major revamping
In its present state, the views expressed here may not reflect the views of WikiIslam. Please help us in completing this article.
      
Page History - Article's Talk page
Last edit was made on 10/9/2013
Login / Create Account
Error creating thumbnail: Unable to save thumbnail to destination
Ibrohimiy dinlarga binoan olam

Ushbu maqolada Quronda olam qanday tushuntirilgani yoritiladi.

Kirish

Fizik olamning Qurondagi manzarasi qadimgi Yaqin Sharq va unga qöshni mintaqalar - yunon va rumliklarning borliq haqidagi bilim va tushunchalaridan kam bölsa kam-ki, ortiq emas. U paytga kelib ayrim madaniyatlar Yer sayyorasi sharsimon ekanligini tushunib yetgan bölsa, Quronda Yer tekis deyiladi.

Bazi fikrlarga binoan qadimgi diniy manbalarni sözma-söz qabul qilish shart emas, ayrim qismlarini köchma manoda tushunish mumkin. Biroq musulmonlarning aksariyati bunday fikrlamay, Quronni xudoning aynan sözi, deb ishonishadi. Bu maqolada esa Quronni xudodan kelgan, deb emas, balki Muhammadning sözlari, deb qabul qilinadi va Muhammadning olam haqidagi tushunchasi körsatiladi.

Quron kosmologiyasi

Osmonlar va Yer

Quron kosmologiyasi haqida yozishni islomiy olamning nihoyatda kichkina va sodda ekanligini eslatishdan boshlash lozim. Quronga binoan olam atigi ikkita qismdan: osmonlar va yerdan iborat.

Islomda zamonaviy odamlar biladigan boshqa astronomik qamrovlar yöq. Quronda yulduz tizimlari, galaktikalari, vakuum degan narsalar haqida yozilmagan. Yer koinotdagi bazi boshqa jismlar kabi sayyora, Quyoshning esa bir yulduz ekani haqida hech nima deyilmaydi. Quron kosmologiyasi asosan qurollanmagan köz bilan körinadigan osmon jismlari bilan chegaralangan; qadimgilar köra olmagan jismlarni tasvirlashda esa qattiq yanglishadi.

Yaratilish zamirida "osmonlar va yer" yotishi Quronda takror va takror eslatiladi, bu ikki narsaning "ajratilishi" esa Allohning butun olamni qanday yaratganini körsatish uchun ishlatiladi.

Kofir bölgan kimsalar osmonlar ham, yer ham tösiq bölganini, bas, Biz ularni ochib yuborganimizni va barcha jonli mavjudotni suvdan qilganimizni körmadilarmi?! Endi ham iymon keltirmaydilarmi?!

Bu ikki joyning favquloddaligiga takroran urğu beriladi. Bu ikki joydan boshqa joy eslatilmaydi. Quron mualliflari Allohning hamma narsadan boxabarligini bildirish uchun "yeru osmon" iborasini ishlatib, göyoki butun olam shulardangina iborat ekaniga ishora qilishadi.

Parvardigoro, albatta Sen bizlar yashirgan narsani ham, oshkor qilgan narsani ham bilursan, Alloh uchun yeru osmondagi biron narsa maxfiy emasdir.
aytdi: "Parvardigorim osmonu-zamindagi har bir sözni bilur. U eshitguvchi, bilguvchidir.
siz Alloh osmon va yerdagi bor narsani bilishini bilmadingizmi?! Albatta, bu Kitobda. Albatta, bu Allohga osondir.
Osmonlar va yerdagi bor narsalar Allohnikidir. Albatta Allohning Özigina behojat va hamdu sanoga loyiq zotdir.

"Osmonlar va yer" shuningdek ichida butun olamni saqlaydigan "idish" kabi tasvirlanadi. Hamma narsa osmon va yer orasida joylashgan.

Biz osmon va yerni hamda ularning orasidagi narsalarni öynab-behuda yaratganimiz yöq.

Ajablanarli emas-ki, ushbu "osmon va yer orasidagi" fazo yerda turgan odamning (har doim ham töğri emas) nuqtai nazaridan tushuntirilgan. Atrofga qaraganda, Yer tekis körinadi, ufq esa kuzatuvchi tekis disk markazida turganidek taassurot qoldiradi. Tepaga qaralsa, osmon gardishi ufqqa örnatilgan qattiq kök gumbazdek tuyuladi. Quronda ham aynan shu taassurot tasvirlangan.

Quronda Alloh osmonu yerni yaratayotganida, avval yerdan boshlagani ochiq aytiladi.

Ayting: "Haqiqatan ham sizlar Yerni ikki kunda yaratgan Zotga kofir bölurmisizlar va özgalarni Unga tenglashtirurmisizlar?! Bu barcha olamlarning Parvardigori-ku?! U zot ustida toğlarni qildi va uni barakotli qildi hamda öshada uning yemishlarini töla tört kunda belgilab-taqsimladi. Söraguvchilar uchundir. Söngra tutun holidagi osmonga yuzlanib, unga va yerga "ixtiyoran yoki majburan kelinglar!" degan edi, ular "Öz ixtiyorimiz bilan keldi," dedilar.

Va

U shunday zotki, siz uchun Yerdagi barcha narsani yaratdi. Söngra samoga yuzlandi-da, ularni yetti osmon qilib tikladi. U hamma narsani bilguvchidir.

Shunday qilib islomiy olamning asosini kördik. Yer - tekis disk, osmon esa - ustma-ust yetti qattiq gumbaz. Quyida bularni batafsil körib chiqamiz.

Osmonlar va u yerda yashovchilar

Yerdan qaralganda, eng ichki osmon gumbazi tepaga örlaydi, Quronda bu osmon aslida asosi yer diski bölgan yettita konsentrik gumbazdan iboratligi aytiladi.

U shunday zotki, siz uchun Yerdagi barcha narsani yaratdi. Söngra samoga yuzlandi-da, ularni yetti osmon qilib tikladi. U hamma narsani bilguvchidir.
Bas ikki kunda yetti osmonni barpo qildi va har bir osmonga ishi-vazifasini vahiy qildi. Biz quyi osmonni chiroqlar-yulduzlar bilan bezadik va saqladik. Bu qudratli va bilguvchi zotning taqdiri - ölchovidir.

Bu yetti osmon qattiq jismlardir; buni bir necha yöl bilan körsatish mumkin. Boshlanishiga shuni aytish mumkin: osmonlar himoyalash (tom kabi) va saqlash uchun tösiq sifatida xizmat qiladi.

Bu tomning himoyalovchi ekani bunga öxshash oyatlarda eslatiladi:

Biz osmonni qulab tushmaydigan tom qilib qöydik. Ular esa alomatlardan yuz ögiruvchidirlar.

Ularning qattiq ekanligi esa osmonlarning qulashi va yerda yashovchilarni jarohatlashi mumkinligi bilan tushuntiriladi.

Axir ular oldilaridagi va ortlaridagi narsalarga - osmonu zaminga boqmaydilarmi?! Agar Biz xohlasak, ularni yerga yuttirib yuborurmiz yoki osmonni ustlariga parcha-parcha qilib tushirurmiz. Albatta bunda har bir qaytguvchi banda uchun oyat-ibrat bordir.

Hatto osmonlarga narvon qöyib chiqish mumkin.

Agar sizga ularning yuz ögirishlari oğir botib, u holda yerga biron teshik yoki osmonga biron narvon istab, ularga oyat-möjiza keltirishga qodir bölsangiz. Agar Alloh xohlaganda albatta ularni hidoyat ustida birlashtirgan bölur edi-ku! Bas, hargiz johillardan bölmang!

Va nihoyat, osmonlar oğir bölib, jismoniy tayanchga ehtiyoj sezadi. Ayrim musulmonlarning iddaolariga qarshi ölaroq, Quron shunday tayanchlar kerakligini tan oladi, biroq ular közga körinmas, deydi.

Alloh osmonlarni sizlar körgudek ustunlarsiz kötarib qöygan, söngra öz arshini egallab, quyosh va oyni Öz amriga böysundirgan zotdir. Ularning har biri muayyan muddatgacha sayr qilaverar. Barcha ishning tadbirini qilur va sizlar Parvardigoringizga röbarö bölishga iymon keltirishingiz uchun Öz oyatlarini mufassal bayon qilur.

Mualliflar bu yerda osmonlar qandaydir tayanchga muhtojligi shundoq ham ayon ekanligini qabul qilishmoqda. Lekin ular bu tayanchlarning körinmas ekanligiga urğu berishyapti, ularning yöqligiga emas.

Quronda shuningdek eng tashqi osmon chuqurligi bir-biriga qöshni osmonlar orasidagi masofaga teng dengiz ostida yotishi yoziladi. Allohning "taxti" (arshi) bu suv ustida bölgan.

U sizlarning qaysilaringiz yaxshiroq ish-amal qilib yashashingizni sinash uchun olti kunda osmonlar va yerni yaratgan zotdir. Ilgari U zotning arshi suv ustida. Qasamki, agar siz: "Shak-shubhasiz, ölganingizdan keyin qayta tirilursizlar," desangiz, albatta kofir bölgan kimsalar: "Bu ochiq sehr-jodudan özga narsa emas," deydilar.

Lekin Quronda galaktika, kvazar, klaster yoki vakuum haqida biror gap yöq. Shunchaki suv, taxt va Allohning özi.

Har bir osmon haqidagi malumotlarni Muhammadning "tungi sayohati" haqidagi hadislardan (ingl.) topish mumkin. Bu hadislardan qisqacha quyidagilarni keltirish mumkin:

Yetti osmondan har birida köp farishtalar va bir necha boshqa jonzotlar yashaydi. Bu osmonlarga qattiq gumbazlarga örnatilgan eshiklardan kiriladi, har eshik oldida farishta soqchi turadi, har gumbaz-osmonda payğambarlardan biri yashaydi. Masalan, birinchi osmon-gumbazda Muhammad Odam Atoni uchratadi, va (geografiyadan xabari bölmagani uchun) Tigris va Yevfrat daryolari manbalarini topadi. Ikkinchi osmon-gumbazda esa Idrisni uchratadi. Xorun törtinchi, Ibrohim oltinchi, Muso esa yettinchi osmon-gumbazda topiladi.

Qarang