Olamning Qurondagi manzarasi
Ushbu maqolada Quronda olam qanday tushuntirilgani yoritiladi.
Kirish
Fizik olamning Qurondagi manzarasi qadimgi Yaqin Sharq va unga qöshni mintaqalar - yunon va rumliklarning borliq haqidagi bilim va tushunchalaridan kam bölsa kam-ki, ortiq emas. U paytga kelib ayrim madaniyatlar Yer sayyorasi sharsimon ekanligini tushunib yetgan bölsa, Quronda Yer tekis deyiladi.
Bazi fikrlarga binoan qadimgi diniy manbalarni sözma-söz qabul qilish shart emas, ayrim qismlarini köchma manoda tushunish mumkin. Biroq musulmonlarning aksariyati bunday fikrlamay, Quronni xudoning aynan sözi, deb ishonishadi. Bu maqolada esa Quronni xudodan kelgan, deb emas, balki Muhammadning sözlari, deb qabul qilinadi va Muhammadning olam haqidagi tushunchasi körsatiladi.
Quron kosmologiyasi
Osmonlar va Yer
Quron kosmologiyasi haqida yozishni islomiy olamning nihoyatda kichkina va sodda ekanligini eslatishdan boshlash lozim. Quronga binoan olam atigi ikki qism: yer va kengligi shu yerga teng osmondan iborat.
Islomda zamonaviy odamlar biladigan boshqa astronomik qamrovlar yöq. Quronda yulduz tizimlari, galaktikalar, vakuum degan narsalar haqida yozilmagan. Yerning koinotdagi bazi boshqa jismlar kabi sayyora, Quyoshning esa boshqa yulduzlar kabi bir yulduz ekani haqida hech nima deyilmaydi. Quron kosmologiyasi asosan qurollanmagan köz bilan körinadigan osmon jismlari bilan chegaralangan; qadimgilar köra olmagan jismlarni tasvirlashda esa qattiq yanglishadi.
Yaratilish zamirida "osmonlar va yer" yotishi Quronda takror va takror eslatiladi, bu ikki narsaning "ajratilishi" esa Allohning butun olamni qanday yaratganini körsatish uchun ishlatiladi.
Bu ikki joyning favquloddaligiga takroran urğu beriladi. Bu ikki joydan boshqa joy eslatilmaydi. Quron mualliflari Allohning hamma narsadan boxabarligini bildirish uchun "yeru osmon" iborasini ishlatib, göyoki butun olam shulardangina iborat ekaniga ishora qilishadi.
"Osmonlar va yer" shuningdek ichida butun olamni saqlaydigan "idish" kabi tasvirlanadi. Hamma narsa osmon va yer orasida joylashgan.
Ajablanarli emas-ki, ushbu "osmon va yer orasidagi" fazo yerda turgan odamning (har doim ham töğri emas) nuqtai nazaridan tushuntirilgan. Atrofga qaraganda, Yer tekis körinadi, ufq esa kuzatuvchi tekis disk markazida turganidek taassurot qoldiradi. Tepaga qaralsa, osmon gardishi ufqqa örnatilgan qattiq kök gumbazdek tuyuladi. Quronda ham aynan shu taassurot tasvirlangan.
Quronda Alloh osmonu yerni yaratayotganida, avval yerdan boshlagani ochiq aytiladi.
Va
Shunday qilib islomiy olamning asosini kördik. Yer - tekis disk, osmon esa - ustma-ust yetti qattiq gumbaz. Quyida bularni batafsil körib chiqamiz.
Osmonlar va u yerda yashovchilar
Yerdan qaralganda, eng ichki osmon gumbazi tepaga örlaydi, Quronda bu osmon aslida asosi yer diski bölgan yettita konsentrik gumbazdan iboratligi aytiladi.
Bu yetti osmon qattiq jismlardir; buni bir necha yöl bilan körsatish mumkin. Boshlanishiga shuni aytish mumkin: osmonlar himoyalash (tom kabi) va saqlash uchun tösiq sifatida xizmat qiladi.
Bu tomning himoyalovchi ekani bunga öxshash oyatlarda eslatiladi:
Ularning qattiq ekanligi esa osmonlarning qulashi va yerda yashovchilarni jarohatlashi mumkinligi bilan tushuntiriladi.
Hatto osmonlarga narvon qöyib chiqish mumkin.
Va nihoyat, osmonlar oğir bölib, jismoniy tayanchga ehtiyoj sezadi. Ayrim musulmonlarning iddaolariga qarshi ölaroq, Quron shunday tayanchlar kerakligini tan oladi, biroq ular közga körinmas, deydi.
Mualliflar bu yerda osmonlar qandaydir tayanchga muhtojligi shundoq ham ayon ekanligini qabul qilishmoqda. Lekin ular bu tayanchlarning körinmas ekanligiga urğu berishyapti, ularning yöqligiga emas.
Quronda shuningdek eng tashqi osmon chuqurligi bir-biriga qöshni osmonlar orasidagi masofaga teng dengiz ostida yotishi yoziladi. Allohning "taxti" (arshi) bu suv ustida bölgan.
Lekin Quronda galaktika, kvazar, klaster yoki vakuum haqida biror gap yöq. Shunchaki suv, taxt va Allohning özi.
Har bir osmon haqidagi malumotlarni Muhammadning "tungi sayohati" haqidagi hadislardan (ingl.) topish mumkin. Bu hadislardan qisqacha quyidagilarni keltirish mumkin:
Yetti osmondan har birida köp farishtalar va bir necha boshqa jonzotlar yashaydi. Bu osmonlarga qattiq gumbazlarga örnatilgan eshiklardan kiriladi, har eshik oldida farishta soqchi turadi, har gumbaz-osmonda payğambarlardan biri yashaydi. Masalan, birinchi osmon-gumbazda Muhammad Odam Atoni uchratadi, va (geografiyadan xabari bölmagani uchun) Tigris va Yevfrat daryolari manbalarini topadi. Ikkinchi osmon-gumbazda esa Idrisni uchratadi. Xorun törtinchi, Ibrohim oltinchi, Muso esa yettinchi osmon-gumbazda topiladi.
Osmon jismlari
Eng yaqin osmon ichida yulduzlar va (aftidan) quyosh va oy joylashgan. Yulduzlarning shu eng yaqin osmon ichidaligi Quronda ochiq-oydin yoziladi.
Yulduzlar aslida kattaligi Quyoshdek yoki undan ham katta, hamda uzoqroq jismlar bölishi mumkinligi Quron mualliflari nazaridan chetda qolgan.
Quyosh va Oy
Quyosh va oy haqida nisbatan kam malumot beriladi. Joylashuvi haqida faqat ularning yetti osmonda ekanligi aytiladi.
Bu ikki jism (boshqa yulduz va sayyoralar) bilan birgalikda qattiq osmon gumbazlarida chizib qöyilgan yöllarida suzib yuradi.
Va kun oxiriga kelib, quyosh (ehtimol oy va yulduzlar ham) yassi yer diskining ğarbiy chekkasidagi suv töla teshiklardan ötadi.
Yer diski ustida yashovchi odamlar közidan yiroqlashgach, ular töxtab, tunni qarorgohda ötkazadi.
Tunda quyosh tongda yana odamlar köziga tushish uchun Allohdan ruxsat sörashi kerak (Sahih Bukhari 4:54:421 (ingl.)).
Ruxsat olgach, quyosh yer diskining sharqiy chekkasidan chiqadi. Quyosh chiqishi haqida "loyqa buloq" eslatilmaydi, biroq u yerda ham quyosh botadigan joydagi kabi odamlar yashashi eslatiladi. Qarang: Zul-Qarnayn va Quyosh (ingl.).
Quyosh yoki Oy tutilishi
Quron tutilish haqida tushunchasi yöqligini namoyon qiladi. Hadislarda Muhammad butun umri davomida faqat bitta Quyosh tutilishini körganini, bu manzara uni qörqitib, taqvosini oshirgani haqida yoziladi. Lekin Quron faqat Oy tutilishi haqida yozadi, u ham qiyomat kuni röy berar emish.
Aslida Quron tutilishlarning iloji yöqligi haqidagi xulosaga olib keladi.
Quyosh tutilishi uchun Quyosh va Oy (Yerdan qaralganda) bir-biriga "yetib olishi" kerak. Biroq tutilish vaqtida oy körinmaganligi sabab, Quron mualliflari bunga etibor qaratishmagan.
Biroq qiyomat haqida gap ketganda Quron (aslida Oy va Quyosh Yerning turli tomonlarida turgan vaqtda sodir böluvchi) Oy tutilishi Quyosh va Oy "birlashtirilgan" paytda röy beradi, deydi.
"Qiyomat kuni qachon özi?" deb sörar?!
Bas, köz qamashib,
oy ham tutilgan holda
quyosh va oy birlashtirilgan vaqtda
– ana ösha Kunda u inson "qayerga qochib-qutulish mumkin?" deb qolur!
Quyosh va Oyning "birlashtirilgani" haqidagi oyatlardan nafaqat bu jismlarning bir-biriga "yetib olishi" faqat qiyomat kunida bölishi, balki Quron mualliflarining Quyosh va Oy kattaligi bir xil, deb öylashganidan ham xabar beradi. Aslida ularning hajmi teng emas, bu ularning Yergacha masofalari har xil ekanligidan kelib chiqqan illuziyadir.
Kecha va kunduz
Quron mualliflari Quyosh va Oy tutilishlarni faqatgina boshdan kechirmay, aslida ularga sababchiligini bilishmaganidek, kecha va kunduz almashinishiga ham Quyosh va Yerning öz öqi atrofida aylanishi sababchiligini bilishmagan. Quronda kecha shunchaki kunduzning yöqligi emas. Kecha va kunduz Alloh yaratgan maxsus mohiyat, vujud bölib, ular osmon jismlaridan mustaqil ravishda özaro hayot kechiradi.
Kunduz va kecha Quyosh, Oy yoki boshqa biror osmon jismidan mustaqil xilqatligi ayon qilinadi. Bir oyatda birga eslatilishiga qaramay, kecha va kunduz Quyoshdan mustaqil körsatilib, bularga aslida Quyosh sababchiligi etiborga olinmaydi.
Shunday qilib Quyosh kunduz va kechaga sababchi emas ekan, uning ikki asosiy osmon chiroğidan biri bölishidan boshqa yana qanday vazifasi bor?
Malum bölishicha, bu jismlarning vazifasi vaqt va taqvimni belgilash ekan.
Yulduzlar, sayyoralar va meteorlar
Quron tarjimalaridan uning mualliflari yulduz va sayyoralarni bir-biridan farqlay olgani yoki olmagani aniq emas, chunki bir söz ham unday, ham bunday tarjima qilingan. Lekin qadimda odamlar sayyoralarni yulduzlardan farqlashganini (sayyoralar harakati sezilarli) nazarda tutib, ilk musulmonlar ham ularning farqiga borishgan, deb taxmin qilamiz.
Biroq yulduzlarning yaqin joylashgan kichkina jismlar ekani haqidagi xato ishonch nafaqat ularning eng ichki gumbazda joylashgani haqidagi tasavvurda namoyon böladi. Boshqa qadimgi odamlar kabi, Quron mualliflari ham meteorlarni "qulayotgan yulduzlar" deb öylashgan. Ustiga ustak, arablarning harbiy fikrlashiga binoan, ular maqsadsiz qulamaydi. Ularning shayton va jinlarga qarshi qurol ekanligi aytiladi.
Bu osmonlarni himoyalash vositasi ekan.
Yer va unda yashovchilar
Quron mualliflari Yer tabiatini tasvirlashga osmonlarga ajratilganidan kamroq diqqat qaratishgan, chunki Yer tabiati unda yashovchi odamlar uchun nisbatan ayonroq edi. Biroq berilgan izohlar bizni rad etilmas xulosalarga olib keladi.
Birinchi va muhim xulosa Yerning yassiligidir. Quron mualliflari "yoyiq" manosini berish uchun arablar "gilam" töshashni bildiradigan sözni qöllashadi.
Bundan tashqari Quronda agar manzarani tösuvchi toğlar bölmaganida, Yerning tekisligi naqadar ayon bölishiga urğu beriladi.
Yana gilamni surib yoki bukib yubormaslik uchun qoziq qoqilganidek, Yerga toğlar qoziq qilib qoqilgani yoziladi.
Islom kosmologiyasining noaniq tomoni Quronning yetti osmon kabi yetti yer ham borligini hech qanday izohsiz eslatishidir:
Osmonlarning yetti konsentrik gumbazi umuman olganda sodda bölsa, yetti yerni tasavvur qilish qiyinroqdir. Quronda bu haqida "samodan tushadigan" va "unga kötariladigan" narsalar bölganidek, "yerga kiradigan" va "undan chiqadigan" narsalar borligi bilan shunday ishora qilinadi.
Bu yetti yer tangalar taxlami kabi bir-birining ustiga taxlangani xulosasiga olib keladi. Bu xulosa yana bir kosmologik boshqotirmani yechishga yordam qiladi.
Jannat va dözax qayerda?
Islom kosmologiyasi jannat va dözax borasida nasriy bölib, ularni osmonlar va yerdan iborat koinot ichiga soladi. Muhammadning "tungi sayohati" yetti osmonning har birida ötib ketgan va jannatda yashayotgan payğambarlar bilan ishğol ekanligini körsatadi. Bu Quronda berilgan jannat hajmiga mos keladi.
Agar osmonlarda (jumladan yettinchi va eng kattasida ham) jannatda yashovchilar istiqomat qilsa, jannat kengligi osmonlar va yer kengligi bilan bir xildir.
Va agar jannat birinchi osmon tepasida ekanligidan, dözaxning birinchi yer ostida ekanligi, yetti yer orasidagi fazoni töldirib turishi kelib chiqadi. Bu dözaxning butunlay yopiq joy qilib tasvirlanishiga mos keladi.
Dözax zindon sifatida tasvirlanadi.
Quronning Yusufali va Shakir tarjimalarida kuzatuvchi dözaxda yashovchilarni körishi uchun "pastga qarashi" kerakligi aytiladi (Quran 37:55 (ingl.)).
Shunday qilib islomiy olamni örgandik.
Xulosa
Quron ilmiy kitob emas. Olam tuzilishi haqida maktab darsligi Qurondan köproq va aniqroq axborot beradi.
Quronda ochiq qilib, "olam shunday tuzilgan," deyilmasa ham, undagi ishoralardan yuqoridagi manzara kelib chiqadi. Bu manzara olam haqida 7-asr Arabistonida tarqalgan mifologik qarashlarga mos kelishi ajablanarli emas.
Qurondagi butun olam yer va uning ustiga örnatilgan gumbazlardangina iborat tor joydir. Galaktikalar, yulduz tizimlar, kosmik fazo degan qamrovlar yöq.
Yer ustma-ust taxlangan yetti yassi diskdan, osmon esa bir-biriga kiydirilgan yetti gumbazdan iborat. Quyosh, Oy, yulduz va sayyoralar kabi osmon jismlari esa mayda chiroqlar bölib, eng ichki gumbazga taqilgan. Quyosh loyqa suvga tushib, yer ostiga kirib ketsa, Allohdan ertaga yana qaytib chiqishga ruxsat söraydi. Jannat tepadagi gumbazlarda, dözax esa yer ostida joylashgan.
Va bularning bari ustida Allohning taxti turgan kosmik dengiz ostida yotar ekan.
Qarang
Ingliz tilida
- Cosmology - A hub page that leads to other articles related to Cosmology
- Qur'an Explains the Universe - Muslim article
Tarjimalar
- Bu sahifa shuningdek bu tillarda ham mavjud: inglizcha. Boshqa tillar uchun chapdagi panelga qarang.